Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

SAVE NASAF – «NASAF»NI SAQLANG

SAVE NASAF – «NASAF»NI SAQLANG

Baho:
+1 | -

Keyingi paytlarda turli xil internet nashrlari va odamlar tilida Qarshining “Nasaf” klubida moliyaviy ahvol yaxshi emasligi haqida gap-so‘zlar yuribdi.
 
Ushbu xabardan chuqur qayg‘uga botayotgan millionlab “Nasaf” ishqibozlari kamtarona murojaatlari bizning saytda e’lon qilinishi va kengroq yoritilishini so‘rashdi.
 
Anyi vaqtda “Nasaf” moliyaviy qiyinchiliklar girdobida, klubga moliyaviy yordam kerak. Klubning boshidan kechirayotganlari ayni haqiqat. Hatto bu haqda klub bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev ham AGMKga qarshi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan  matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tdi.
 

 
Moliyaviy qiyinchilik? Bu haqiqat. Biz buni boshdan kechirayapmiz. Ammo “Nasaf”dek klub bunday ahvolga tashlab qo‘yilmaydi. Rahbarlarimiz bu vaziyatdan chiqib ketish ustida bosh qotirishayapti. Bu holat vaqtinchalik hammasi izga tushib ketadi deb, o‘ylayman”, dedi Berdiyev.
 
Voqealar rivoji qanday sodir bo‘layotganini ko‘rib, eshitib va guvoh bo‘lib shunday vaqtda o‘zimizni tomoshabindek tutishni istamadik va “Nasaf” muxlislari iltimoslarini yerda qoldirishni istamadik. Zero, “Nasaf” shu kungacha butun O‘zbekistonda yetarli muxlis va hurmatga ega klublardan biri hisoblanadi. Bir so‘z bilan aytganda “Nasaf”ning o‘zbek futbolida o‘ziga yarasha o‘rni bor.

MUROJAAT  

“O‘zbekistonda barqaror hisoblangan, klublar orasida katta infratuzilmaga ega bo‘lgan, futbol akademiyasida ajoyib futbolchilar tarbiyalab voyaga yetkazgan, o‘z o‘yinlari bilan nafaqat futbol ishqibozlari balki xorijiy futbol jamoatchiliging ham e’tiboriga sazovor bo‘layotgan “Nasaf”dek klubni “o‘z holiga tashlab qo‘yilishi” achinarli hol.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jon kuydirib, o‘zbek futbolini rivojlantirish uchun say-harakatlar qilayotgan bir paytda, bu holatni tushunish qiyin. Ammo ishonchimiz komilki, bu muammo ijobiy hal bo‘ladi. Hammasi joyiga tushib ketadi. Rahbarlar bu borada aqlli qarorga kelishadi”, deyiladi murojaatnomaning kirish qismida.
 
XO‘SH, BUNDAY HOLATDA KLUB ISHQIBOZLARI QANDAY YO‘L TUTISHI KERAK?
 
Shu paytlarda O‘zbekistondagi futbol shinavandalari “Nasaf” muxlislariga hayrixoh bo‘lib, mavjud muammoga rahbarlar e’tiborini qaratish uchun, qo‘ldan kelgancha harakatlarni amalga oshirishmoqda
 
Masalan, 26 aprel kuni “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bir guruh muxlislar “SAVE NASAF” – “NASAF”NI SAQLANG” – deya yozilgan banner ko‘tarib chiqishdi.
 



 
“Albatta, bunday futbol ishqibozlarining xayrixohliklarini qancha e’tirof etsak ham kamdek ko‘ramiz. Xo‘sh bizlar, “Nasaf”ning yaqinida turgan muxlislar, Qashqadaryo vohasining futbol ishqibozlari nima qilishimiz kerak? Savolga javob bitta! Sevimli “Nasaf” jamoasini yaqindan qo‘llab-quvvatlashimiz kerak!
 
Bu holat vohalik futbol ishqibozlari uchun ham jiddiy sinov. Bu sinovdan muvaffaqiyatli o‘tishimiz uchun, bir yoqadan bosh chiqarish talab etiladi. Buning uchun bizdan uncha katta narsa talab etilmaydi. Bor yo‘g‘i 30 aprel, dushanba kuni “Markaziy”da bo‘ladigan “Nasaf” – “So‘g‘diyona” uchrashuviga har qachongidan ko‘p tashrif buyurishimiz lozim. Mazkur tashkilotchilik orqali nafaqat o‘z seviklarimizga dalda bo‘lamiz, balki uchrashuv chiptalarini ko‘proq xarid qilib, klubimizga moliyaviy ko‘mak ham beramiz”, deya yakunlanadi “Nasaf” klubi muxlislari tomonidan yo‘llangan murojatnoma matnida.
 
Ko‘rinib turibdiki, klubning chinakam va jonkuyar muxlislari “Nasaf” yopilmasligi uchun hozirdan harakatni boshlashgan. Ammo vaziyatga ma’sul rahbarlar nima bo‘layotganini ko‘rib, bilib turgan bo‘lsada hali-hanuz bu vaziyat haqida tayinli bir gap aytishmadi.
 
Darvoqe, “Nasaf” muxlislariga diqqatiga:
 
O‘yin kuni “Do‘st bo‘lsang yonimda tur...” aksiyasi ham tashkil etiladi.
 
Siz “Nasaf” jamoasining saqlanib qolishiga tarafdormisiz?
 
Unda “Nasaf” muxlislarining haqiqiy do‘stiga aylaning!

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:16, 30.04.2018.
O'qildi: 7466 marta.
Fikrlar: 21 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.