Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Sergey Lushan: “Kuchli jamoani mag‘lubiyatga uchratdik”

Sergey Lushan: “Kuchli jamoani mag‘lubiyatga uchratdik”

Baho:
+ | -

“Nasaf” – “So‘g‘diyona” (1:2) uchrashuvi yakuniga yetgach, o‘yin yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “So‘g‘diyona” jamoasi bosh murabbiyi Sergey Luchshan va jamoa yarim himoyachisi Doniyor Hasanovlar ishtirok etishdi.

Sergey Lushan: - Biz O‘zbekistonning eng kuchli jamoalaridan biri – “Nasaf”ni mag‘lubiyatga uchratdik. “Nasaf” bilan o‘ynash hamisha qiyin, bunga “Bunyodkor” klubida ishlagan paytim ham guvohi bo‘lganman. Lekin men g‘alabadan xursandman, o‘yinimiz borgan sari mazmun kasb etmoqda. Biz shunday davom etamiz.

Bizning zaxiramiz juda nochor, ham yoshlar tarkibida to‘p suradigan futbolchilarimizdan foydalanishga majbur bo‘ldik. Bu yosh futbolchilarimiz o‘zlarini ko‘rsatishga harakat qilishayapti. Kelgusida tarkbimizni yana to‘ldirish rejamiz bor. Asosiy e’tibor mahalliy futbolchilarga qaratiladi. Agar “Nasaf” klubi bilan kelishuvga erishsak, Sanjar Rashidovni jamoaga qaytarmoqchimiz. Albatta, bu futbolchi bilan “Nasaf” klubi o‘rtasidagi shartnoma o‘zaro kelishuvga asosan bekor qilinsa. Bu futbolchi transferga ruxsat berilgunga qadar biz bilan mashg‘ulotlarda qatnashib turadi.

Bungacha  bizning ayrim yosh o‘yinchilarimiz, “Nasaf”ning yetakchi o‘yinchilarini faqat teleekran orqali ko‘rishgan. Bunday tajribali futbolchilarga boy jamoaga qarshi o‘yinda, futbolchilarda hayajon ham charchoq ham bo‘ladi. Ko‘pchilikka bizning futbolchilarimiz vaqtni cho‘zgandek ko‘ringandir. Ammo takror aytaman, “Nasaf”dek jamoaga qarshi o‘ynash oson emas. Qolaversa, biz hozir kuchaytirilgan tarzda mashg‘ulotlar o‘tkazayapmiz. Avval bunday mashg‘ulotlar jamoamizda bo‘lmagan. Agar bugun “Nasaf” hisobda oldinda borganda edi, biz ham aytgan bo‘lardik, vaqtni cho‘zishayapti deb. Futbolchilarimiz qo‘ldan kelgancha o‘ynashdi, shaxsan menda ularga nisbatan hech qanday e’tiroz yo‘q.

Maqsadimiz, Superligada jon saqlash. Ammo kuchli oltilikka kirishga ham harakat qilib ko‘ramiz.  

Doniyor Hasanov: - Avvalom bor assalomu alaykum. Bugungi g‘alabamizga asosiy sabab, murabbiymizning tanlagan taktikalari bo‘ldi. Biz murabbiyimizning ko‘rsatmalarini to‘liq bajarishga harakat qildik. Bizni bugun Jizzaxdan kelib, qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga ham rahmat aytaman.

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 10:33, 01.05.2018.
O'qildi: 2952 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.