Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar Toshkentda yig‘in o‘tkazishdi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar Toshkentda yig‘in o‘tkazishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari uchun yig‘inlar o‘tkazish va bo‘lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik ko‘rishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga nomzod futbolchilar o‘rtasida 28 apreldan 2 may kuniga qadar “Chig‘atoy” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazildi. Ushbu yig‘in davomida murabbiylar shtabi 2004 yilda tug‘ilgan yosh futbolchilarning maydondagi fikrlash qobiliyatini, texnik-taktik imkoniyatlarini ko‘zdan kechirishdi, yuzaga kelgan kamchiliklar tahlil qilinib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘in doirasida ikkita nazorat uchrashuvi tashkil qilindi. Bunyodkor stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yinlarda Azamat Abduraimov shogirdlari 2003 yilda tug‘ilgan “Spartak” jamoasi futbolchilarini 3:1 hisobida, hamda shu yilda tug‘ilgan “Bunyodkor” jamoasi a’zolarini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdilar.

Bunday o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yil davomida muntazam o‘tkazib borish rejalashtirilgan.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:38, 02.05.2018.
O'qildi: 2608 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик