Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter 1-2 Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

Qatar Airways qanoti yoxud «Roma» 5 yildan so‘ng yana titul homiyga ega bo‘ldi

Qatar Airways qanoti yoxud «Roma» 5 yildan so‘ng yana titul homiyga ega bo‘ldi

Baho:
+ | -1

Takrorlanmas «kambek» orqali CHL-2017|2018 yarim finalchilari orasiga suqulib kirgan Rim «bo‘risi» final yo‘lidagi ilk to‘qnashuvda «Liverpul»ning shiddatli hujumlariga dosh berolmadi, lekin oxirgi daqiqalarda 2ta gol urib, navbatdagi jasoratga zamin hozirladi, go‘yo.

Diqqatga sazovor tomoni, «Roma» prezidenti Jeyms Pallotta aynan Angliya safari arafasida klub Qatar Airways aviakompaniyasi bilan shartnoma tuzganini rasman e’lon qildi.

Mavsum-2020|2021 yakuniga qadar mo‘ljallangan kelishuvga ko‘ra, Qatar giganti Rim jamoasi titul homiysi sifatida gavdalanadi.

Xullas, italyanlar «Liverpul»ga qarshi birinchi o‘yinda ilk marta Qatar Airways yozuvi tushirilgan futbolkalarda harakatlanishdi.

Oxirgi mavsumlarda «Roma» ishtirokidagi o‘yinlarni kuzatib borgan muxlislar bitta antiqa faktdan xabardor bo‘lishsa kerak: klub 5 yildan buyon titul homiy ko‘magiga ehtiyoj sezmayotgandi.

Umuman, «Roma» joriy mavsum «A» seriyasida ortiqcha logotipi yo‘q formadan foydalanayotgan 2ta jamoadan biri edi (endi «Sampdoriya» bu borada yagona bo‘lib qoldi). «Bo‘rilar» xususan, qudratli «Barselona»ga ham «yozuv-chizuv»siz liboslarda saboq berishgandi.

Qatar Airways Italiya poytaxti sharafini himoya qiluvchi jamoaning 90 yillik tarixidagi 7-titul homiyga aylandi. «Roma»ning bundan oldingi biznes hamkori rolini Italiyaning Wind telekommunikasion kompaniyasi bajargandi. Jamoaning eski sohiblari tomonidan tuzilgan shartnoma 2013 yilgacha amalda bo‘ldi.

Wind unga ko‘ra, «Roma»ga har yili 6 million yevro berdi. 2011 yilga kelib, jamoani amerikalik sarmoyadorlar sotib olishdi va keyingi mavsum Jeyms Pallotta prezident lavozimini egalladi. Biroq u titul homiy masalasiga qiziqmadimi yoki munosib hamkor topishga qiynaldimi, har holda, «Roma» 5 yil qo‘shimcha daromadsiz kun ko‘rdi.

Taxmin qilinishicha, bunga yangi rahbariyatning o‘ta yuqori talablari va noto‘g‘ri strategiyasi sabab ekan. Ya’ni Palotta jamoa va uning yangi stadioniga yagona baquvvat homiy topishni istagan.

Ammo arena qurilishi masalasida birin-ketin muammolar tug‘ildi, ishlar ortga surilaverdi. Ma’lumotlarga asosan aytsak, yangi stadion loyihasi allaqachon tayyor bo‘lgan, biroq qurilish ishlarini endi boshlashadi. Hammasi reja asosida ketgan taqdirda ham, «Roma» yangi arenaga 2020 yildan oldin ko‘chib o‘tolmaydi.

Qolaversa, Pallotta «Roma» formasida o‘z logotipini aks ettirishni istagan kompaniyalardan 15-20 million yevro  talab qildi, ammo hech kim shuncha berishni istamadi. Xususan, 2015 yili Turkish Airlinesning 7,5 «limon»lik taklifi rad etildi.

Qatar Airways bilan kelishuvning moliyaviy jihatlari esa hozircha oshkor qilingani yo‘q. Lekin bu «Roma» tarixidagi rekord shartnoma ekanligi aniq. Umuman, Italiya futboli bo‘yicha ham eng yirik kelishuvlardan biri bo‘lsa, ajabmas.

«Roma»ni diqqat bilan kuzatgan muxlislar oxirgi mavsumlarda jamoa futbolkalarida tez-tez turli reklama yozuvlari paydo bo‘lganiga ham e’tibor qaratishgandir. Bu rost, ammo hammasi xayriya ishlari doirasidagi yozuvlar edi.

Deylik, «bo‘rilar» Roma Cares yozuvi bor futbolkalarda ko‘p bora maydonga tushishdi. Bu - ta’limot loyihalari bilan shug‘ullanuvchi xayriya tashkiloti nomi.

Roma Cares aynan «Roma»ning o‘ziga tegishli ekanligini ham aytish o‘rinli. Jamoaning yana bir maxsus futbolkasi Telethon xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan. Bu tashkilot ilmiy tadqiqotlar hamda genetik xastaliklarga qarshi kurashish uchun mablag‘ yig‘adi.

«Joriy yil qurilishi boshlanadigan yangi stadion va 34 yillik tanaffusdan so‘ng Chempionlar Ligasi yarim finaliga chiqqan jamoa - «Roma» muxlisiga aylanish uchun ajoyib vaqt» -  Pallotta omma e’tiborini o‘z klubiga qaratishga urinmoqda.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:06, 02.05.2018.
O'qildi: 3696 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.