Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

Umid Ahmadjonov Dubayda Osiyo velosport Konfederasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Dubayda Osiyo velosport Konfederasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va mamlakat futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov futbol bo‘yicha Osiyo chempionatining qur’a tashlash marosimida ishtirok etish uchun Dubay shahriga jo‘nab ketgani xaqida xabar bergandik.

Safar davomida MOQ rahbari bir qator Xalqaro sport tashkilot rahbarlari bilan ko‘rishib, muzokaralar o‘tkazishi ham rejalashtirilgandi. Ana shunday uchrashuvlardan dastlabkisi bugun Osiyo velosport konfederasiyasi prezidenti Osama Ahmad Abdulla al-SHafar bilan bo‘lib o‘tdi.

Dubayda tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda velosportning rivojlanish tendensiyalari, sportning ushbu turini yanada ommalashtirish, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakat velosiped sporti federasiyasi hamda Osiyo velosport Konfederasiyasi o‘rtasida strategik aloqalarni yanada kengaytirish, hamkorlikda amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar hususida fikr almashishdi.

Shuningdek, Toshkent mezbonlik qiladigan 2019 yilgi Osiyo chempionatining tashkiliy masalalarini muhokama qilishdi. Umid Ahmadjonov yaqin hamkorlik uchun janob al-SHafarga minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda velosport rivoji, uning taraqqiyoti yo‘lida tashlangan navbatdagi muhim qadam bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 20:00, 03.05.2018.
O'qildi: 1527 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик