Kirish Ro'yxatdan o'tish

Di Franchesko: «Hakam bilan baxslashib vaqtni befoyda yo‘qotdik»

Di Franchesko: «Hakam bilan baxslashib vaqtni befoyda yo‘qotdik»

Baho:
+ | -

“Roma” klubi bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko “Liverpul”ga qarshi o‘yindan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi. 

“Imkoniyatlarimizga ishonishimiz kerak edi. Biz bundan ham ko‘p gollar urib olib “Liverpul”ga bosim o‘tkazishimiz mumkin edi.

Futbolchilar yaxshi mexnat qilishdi ikkinchi bo‘limda “Liverpul”ni sarosimaga tushirib qo‘ydik. Bunday turnirlarda o‘ynay olishimizni isbotlay oldik.

Lekin men bu natija bilan maxtanishni xohlamayman. Endi kelasi mavsumda ham Chempionlar Ligasida ishtirok etishimiz uchun turnirda o‘z o‘rnimizga ega chiqishimiz kerak.

Biz ko‘prog‘iga qodirmiz. Gol urishimiz mumkin edi lekin vaqtni befoyda yo‘qotdik. Hakam bilan baxslashib turish bexuda, vaqtni yo‘qotishdan boshqasi emas.

U hech qachon qarorini o‘zgartirmaydi. Bu esa “Liverpul”ni foydasiga o‘ynadi. Shuning uchun asabiylashmoqdaman.

Shubhasiz, qizil kartochka va penalti qolgan 25 daqiqada o‘yin natijasiga ta’sir etishi aniq edi. Lekin biz ham xato qildik va bu bizga finalga chiqishga yo‘l qo‘ymadi”, - deydi Franchesko.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 00:04, 04.05.2018.
O'qildi: 2703 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.