Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Akmal Shorahmedov: “Paxtakor” doim g‘alaba uchun kurashishi lozim”

Akmal Shorahmedov: “Paxtakor” doim g‘alaba uchun kurashishi lozim”

Baho:
+ | -

“Paxtakor” himoyachisi Akmal Shorahmedov “Qo‘qon-1912” bilan bellashuv arafasida uchrashuv haqida fikrlarini aytib o‘tdi.

- “Qo‘qon-1912” yaxshi jamoa va ular safida yuqori saviyali futbolchilar bor. Oxirgi o‘yinlarda bu jamoa o‘zini ko‘rsatdi. Har bir raqibga jiddiy qarshilik ko‘rsata oladigan salohiyatga ega. Bo‘lajak o‘yinning qiziqarli o‘tishini kutyapmiz.

Tayyorgarlikni yuqori darajada olib boryapmiz. Mashg‘ulotlarda barcha faol ishlashga intilmoqda. Har doim bunga harakat qilishimiz lozim. Keskin kechadigan uchrashuvlarga tayyor holatda bo‘lishimiz kerak.

“Paxtakor”dan hamisha yuqori natijalar kutishadi. Hamisha yutuqlar talab etishadi va buni to‘g‘ri tushunamiz. Jamoa tobora yaxshiroq holatga kirib bormoqda. Lekin birinchi navbatda natijalarimiz ijobiy bo‘lishi shart. Qolgan jamoalarni yaxshi o‘yin namoyish etib, ochko yo‘qotgani uchun olqishlashlari mumkin, lekin “Paxtakor” shunday jamoaki, bizda muvaffaqiyat ham bo‘lishi darkor. Aynan shu yo‘lda bor kuchimizni beramiz.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 00:21, 05.05.2018.
O'qildi: 2438 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик