“Atletiko” klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone UYEFA tomonidan 4 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
Simeone “Arsenal”ga qarshi o‘yinda himoyachi Shime Vrsalko chetlashtirilgandan so‘ng Kleman Tyurpen brigadasiga norozilik bildirib, ustiga-ustak hakam manziliga nourin so‘zlar aytgan.
Argentinalik mutaxassis “to‘pchilar”ga qarshi birinchi va ikkinchi uyinni tribunadan tomosha kilgan edi. Shuningdek, Simeonega 10 ming yevro jarima xam solingan.