“Lester” a’zosi Riyod Mahrez “Manchester Siti”ga o‘tish variantidan voz kechdi.
“Express” nashriga ko‘ra, jazoirlik futbolchi faoliyatini “Arsenal”da davom ettirishga tayyor. Ammo u “Tottenxem” va “Chelsi”ning taklifini ham ko‘rib chiqmoqchi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” qishda Mahrezni sotib olishni istagan, ammo “Lester” futbolchini sotmasligini ma’lum qilgandi.