Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Florentino Peres «Yuventus» yulduziga qiziqish bildirmoqda

Florentino Peres «Yuventus» yulduziga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Kenan Yildiz «Real»ning qiziqishlar doirasiga tushdi. Fichajes nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, turkiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga Madrid klubi prezidenti Florentino Peresning shaxsan o‘zi qiziqmoqda. Biroq u «Yuventus» o‘z yetakchisini hech qachon sotmasligini tushunib turibdi.

Turin jamoasi Yildizni klubning kelajagi deb biladi, shu sababli unga e’tirof sifatida o‘ninchi raqam berilgan. Kenan Yildiz 2022 yilda «Bavariya»dan «Yuventus»ga erkin agent sifatida o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda hujumchi turinliklar safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 16:43, 03.05.2026.
O'qildi: 2128 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик