Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Real" "Chelsi" va "Arsenal"ga Endrikning kelajagi haqidagi o‘z pozisiyasini ma’lum qildi — TEAMtalk

"Real" "Chelsi" va "Arsenal"ga Endrikning kelajagi haqidagi o‘z pozisiyasini ma’lum qildi — TEAMtalk

Baho:
+ | -

«Chelsi» va «Arsenal» klublari Madridning «Real» jamoasi hujumchisi, qishdan beri ijara asosida «Lion»da to‘p surayotgan Endrikka qiziqish bildirmoqda. Biroq «qaymoqranglilar» London klublariga 19 yoshli forvardni sotish niyatida emasliklarini ma’lum qilishdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta’kidlashicha, «Real» Endrikning qaytishini kutmoqda va u jamoaning keyingi mavsum uchun rejalariga kiritilgan. Qayd etilishicha, forvardning o‘zi ham «Madridda qolish va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashish qarorida qat’iy». «Qirollik klubi» prezidenti Florentino Peres hamon dunyo futbolidagi eng iqtidorli yosh o‘yinchi bilan shartnoma imzolaganiga amin.

«Lion» tarkibida Endrik barcha musobaqalarda 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Hujumchining Madrid klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 35 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 16:46, 03.05.2026.
O'qildi: 2423 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик