Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Superliganing 10-turida muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natija

Superliganing 10-turida muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord natija

Baho:
+1 | -

Futbol bo‘yicha Superliga bahslari turdan turga ancha qiziqarli o‘tmoqda. Deyarli har bir turda qiziq va shiddatli uchrashuvlar guvohiga aylanmoqdamiz.

O‘yinlarning shiddatli o‘tishiga esa, jamoalarni stadionga kelib qo‘llab-quvvatlayotgan minglab muxlislarni ham e’tirof etish mumkin.

Chempionat startidan boshlab, deyarli har turda stadionlarga muxlislar oqimi ko‘paymoqda. Birinchi navbatda, o‘yinlarning shiddatli tus olayotgani va ular uchun deyarli hamma stadionlarda yaratilayotgan qulayliklar ham bunga sababdir. 

O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi Pepsi kabi yirik brend bilan shartnoma imzolagani, shuningdek, stadionlarda tashkil etilgan bir qator qulayliklar muxlislar uchun katta bayram ekanini ta’kidlash lozim. Turli ko‘ngilochar xududlar, yegulik do‘konlari – bularning barchasi muxlislar uchun, albatta. Bu loyiha va islohotlarning barchasi avvalo, stadionga kimnidir jalb etish maqsadida emas, balki, birinchi navbatda klub infratuzilmasini professional klublar saviyasida bo‘lishini ta’minlash, yevropa andozalariga mos ravishda ularni rivojlantirish maqsadida qilindi deyish mumkin.

Rekord

Superliganing ushbu turida stadionlarga tashrif buyurish bo‘yicha rekord natija kuzatildi. Bungacha rekord, Superliganing 3-turiga tegishli edi va unda jami 85 209 nafar tomoshabin kelgan edi. Superliganing 10-turida esa, bu ko‘rsatkich 88 564 nafar muxlisni tashkil etdi va bu mavsum rekordi hisoblanadi.

Ta’kidlash lozim, chempionatning 10-turiga kelib stadionlarda uchrashuvlarni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan muxlislar soni jami 651 453 nafarni tashkil etdi va bu avvalgi mavsum bilan solishtirganda deyarli 2.5 barobar ko‘proq natija hisoblanadi. Avvalgi mavsum Oliy Ligada 12ta emas, balki 14ta klub ishtirok etgani va uchrashuvlar soni ko‘proq bo‘lganini hisobga olsak, bu ancha ijobiy natijadir.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:35, 07.05.2018.
O'qildi: 5327 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик