Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

O‘FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lishdi

O‘FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Xorazm va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘FA qoshida tashkil qilingan yangi "Futbolni rivojlantirish" boshqarmasining asosiy vazifasi, hududlardagi bolalar futbolini oyoqqa turg‘azish va ularni professional ishlashlari borasida chora tadbirlarni ishlab chiqish.

Shuning uchun bo‘lim avvalo hududlardagi bolalar futboliga yaratilgan sharoitlar va u yerdagi federasiyalarni ishlari bilan yaqindan tanishib chiqishi lozim edi. Dastlabki qadam vodiyga tashlanganidan xabaringiz bor, kuni kecha bo‘lim vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bo‘lib u yerdagi holat bilan yaqindan tanishdilar.

Xorazm viloyatida faoliyat olib borayotgan mahalliy federasiya bolalar futboli uchun turnirlarni hududiy qismlarda o‘tkazadigan bo‘ldilar. Urganch va uning atrofidagi jamoalarning ko‘pligi u yerda qiyinchiliksiz ish boshlash imkoniyatini beradi. Qolaversa, sport qo‘mitasi vakillari ham Prezident farmonini bajarish bo‘yicha mahalliy federasiyaga yordam berishlarini aytib o‘tdilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi asosiy muammolardan biri hududlarni BO‘SMlar bilan cheklanayotganligi bu esa raqobat uchun kam. Shuning uchun bu yerda sentyabr oyida oliy ta’lim vazirligi bilan tuzilgan memorandum asosida maktablar o‘rtasida birinchilikni yo‘lga qo‘yish borasida bir to‘xtamga kelindi. Shu bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bolalar klublari sonini oshirish bo‘yicha ham chora-tadbirlar ishlab chiqishi borasida kelishib olindi.

Futbolni rivojlantirish boshqarmasining keyingi safari 8-10 may kunlari Navoi va Buxoro viloyatlariga amalga oshiriladi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 11:40, 07.05.2018.
O'qildi: 2309 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик