Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Paynet faoliyati to‘xtatilmaydi

Paynet faoliyati to‘xtatilmaydi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

balki aholiga yanada qulay xizmat ko‘rsatishni boshlaydi

Internet tarmoqlarida «O‘zbekistonda PAYNET faoliyati to‘xtatiladi» mazmundagi aholini chalg‘ituvchi xabarlar tarqalmoqda.

Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yaqinda imzolangan qaroriga ko‘ra, endilikda “UzPaynet” MCHJ faoliyati to‘xtatilmay turib, Xalq banki tizimida Paynet savdo belgisi ostida o‘z faoliyatini aholiga yanada qulay tartibda davom ettiradi.  

Bunda, faqatgina “UzPaynet” MCHJning mulkchilik shakli o‘zgargan holda, uning barcha majburiyatlari Aksiyadorlik tijorat Xalq banki zimmasiga o‘tkaziladi.

Gap shundaki, Xalq banki tomonidan Paynet orqali amalga oshirilayotgan to‘lov tizimi yanada takomillashtirilib, yangi zamonaviy xizmat turlari taklif etib boriladi.

Xususan, bugungi kunda, Paynet mobil ilovasi joriy qilingan bo‘lib, aholidan ko‘plab to‘lovlar qabul qilib kelinmoqda.

Qayd etish joizki, Xalq banki yurtimizda eng yirik tarmoqqa ega, ya’ni respublikamizning barcha hududlarini to‘liq qamrab olgan bank hisoblanib, o‘zining 200 ga yaqin filiallari va 3 mingdan ortiq muassasalari orqali aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bugungi kunda Raynet shoxobchalari orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni endilikda Xalq banki filiallari, muassasalari hamda Raynet shoxobchalari orqali yanada kengroq, qulayroq tarzda ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida.

Manba: xb.uz
Kiritildi: 13:48, 07.05.2018.
O'qildi: 4953 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.