Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Chagayev ham qoyil qoldi! Boks kechasida o‘zbekistonliklar barcha raqiblarini ring tishlatdi

Chagayev ham qoyil qoldi! Boks kechasida o‘zbekistonliklar barcha raqiblarini ring tishlatdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

5 may kuni Toshkentdagi muhtasham “O‘zbekiston” sport majmuasida professional boks oqshomi tashkil etildi.

Kechaning markaziy jangida Azizbek Abdug‘ofurov rossiyalik Dmitriy Chudinovga qarshi ringga chiqdi. 12 raund davom etgan jangda g‘olib ochkolar hisobiga ko‘ra aniqlandi. Jang yakuniga ko‘ra, Azizbek Abdug‘ofurov 118:110, 118:110, 117:111 hisoblarida g‘alaba qozondi va WBC Silver kamari sohibiga aylandi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, jang kechasiga o‘zbekistonlik mashhur bokschi Ruslan Chagayev ham tashrif buyurdi va hamyurtlarining g‘alabasidan shod bo‘lib, ularning qayd etgan natijasidan qoyil qolganini tan oldi.

Jang kechasida quyidagi bellashuvlar bo‘lib o‘tdi:

Jamshid Najmiddinov – Kaxa Avetisiani (Gruziya) (Jamshid Najmiddinov 1-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi).

Bekzod Tursunboyev – Roy Muxlis (Indoneziya) (Bekzod Tursunboyev 1-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi).

Umid Rustamov – David Ribakoni (Gruziya) (Umid Rustamov 3-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi).

Ulug‘bek Sobirov – Jorji Ungiadze (Gruziya) (Ulug‘bek Sobirov 2-raundda nokaut evaziga g‘alaba qozondi).

Olimjon Nazarov – Xvicha Gigolashvili (Gruziya) 100:91, 100:90, 100:90.

Jasur Ahmadjonov – Stevi Ongen Ferdinandus (Indoneziya) 80:70, 80:71, 80:72.

Qudratillo Abduqahhorov – Tvaxa Kiduku (Tanzaniya) 80:70, 80:72, 80:72.

Azizbek Abdug‘ofurov – Dmitriy Chudinov (Rossiya) 118:110, 118:110, 117:111.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan ushbu jang oqshomini tomosha qilish uchun qariyalar uyidan mehmonlar tashrif buyurdi. Bu yaqinlashib kelayotgan bayram uchun faxriylarga o‘ziga xos ajoyib sovg‘a bo‘ldi.

Birozdan so‘ng mazkur janglarning to‘liq videolarini Stadion.uz saytida ko‘rishingiz mumkin.

Kiritildi: 18:38, 07.05.2018.
O'qildi: 9480 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик