"Portu" darvozaboni Iker Kasilyasning klubi bilan shartnomasi yozda nihoyasiga yetadi, ammo posbon faoliyatini davom ettirmoqchi.
"Agar "Portu" rahbariyati menga yangi shartnoma taklif qilsa, o‘ynashda davom etmoqchiman. Ammo reallik shunday: shartnomam 30 iyun kuni nihoyasiga yetadi va ayni paytda nima bo‘lishini bilmayman. Shu bilan birga "Portu" prezidenti Pintu da Koshta holimdan xabar olib turibdi", - deydi Kasilyas.