Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko 4-1 Bryugge
25/02 01:00 Inter 1-2 Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer 0-0 Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl 3-2 Qorabog‘
25/02 22:45 Atalanta - Borussiya D
26/02 01:00 PSJ - Monako
26/02 01:00 Real Madrid - Benfika
26/02 01:00 Yuventus - Galatasaroy

La Liga. «Barselona» «Vilyarreal»ni yirik hisobda taslim etdi

La Liga. «Barselona» «Vilyarreal»ni yirik hisobda taslim etdi

Baho:
+2 | -1

Ispaniya chempionati 34-turi doirasida «Barselona» hamda «Vilyarreal» o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv o‘z poyoniga yetdi.

Mezbonlar ustozi Ernesto Valverde mazkur bahsda aralash tarkibni tushirgan bo‘lsada o‘yin ularning nazorati ostida o‘tdi deyish mumkin va hisob ham shunga yarasha bo‘ldi – 5:1.

Dastlab uchrashuvning 10-daqiqasida Usmon Dembele birin ketin raqiblarini aldab o‘tib chap oyoqda darvozaga zarba yo‘lladi. Darvozabondan qaytgan to‘pni esa Koutinyo darvozaga joylab qo‘yib, hisobni ochdi.

Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Paulinyo Lyuka Dinning ajoyib uzatmasidan so‘ng bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol qilishda qiynalmadi.

Taym oxirida esa Andres Inyesta jamoadoshi Lionel Messiga superuzatmani amalga oshirdi va argentinalik futbolchi hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin tempi ancha sustlashgandek bo‘ldi. Asosan «Vilyarreal» hujumlarga zo‘r berdi va buning natijasida 54-daqiqaga kelib Nikola Sansone hisobni qisqartirdi.

Bu goldan «Barselona» o‘yin nazoratini yana o‘z qo‘liga olishga intildi, tarkibda bir-qator o‘zgarishlar amalga oshdi.

87-daqiqada Ivan Rakitich ikki-uch raqib futbolchisini aldab jarima maydoniga yorib kirdi va ajoyib tarzda Dembeleni to‘p bilan ta’minladi. Usmon esa osongina darvozani ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Hakam tomonidan qo‘yish berilgan so‘nggi daqiqalarda «Barsa» yana bir qarshi hujumga o‘tib ketdi va yana Dembele tezkorligi evaziga qochib ketib, to‘pni darvozabon ustidan tashlab qo‘yib yakuniy hisobni ta’minladi.

Ispaniya primerosi. 34-tur

Barselona – Vilyarreal – 5:1 (3:0)

Gollar: 1:0 – 11 Koutinyo, 2:0 – 16 Paulinyo, 3:0 – 45 Messi, 3:1 – 54 Sansone, 4:1 – 87 Dembele, 5:1 – 90 Dembele.

Barselona: Sillessen, Pike (Mina, 80), Din, Nelson Semedu, Vermalen, Inyesta (Suares, 61), Buskets (Rakitich, 65), Koutinyo, Paulinyo, Dembele, Messi.

Vilyarreal: Asenxo, Alvaro Gonsales, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Rodri Ernandes, Trigeros (Xavi Fuego, 57), Fornals, Kastilyexo, Cherishev (Sansone, 46), Bakka (Unal, 70).

Ogohlantirishlar: Ruis (44), Xavi Fuego (72), Mario Gaspar (82).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:59, 10.05.2018.
O'qildi: 7731 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.