Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

La Liga. Ikkinchi tarkibdagi “Real” “Sevilya”ga imkoniyatni boy berdi

La Liga. Ikkinchi tarkibdagi “Real” “Sevilya”ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+2 | -

Ispaniya chempionati 34-turi doirasida «Sevilya» hamda «Real» o‘rtasidagi qoldirilgan uchrashuv o‘z poyoniga yetdi. Qiziqarli tarzda o‘tgan o‘yin 3:2 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, uchrashuvning 26-daqiqasida Ben-Yedder hisobni ochdi. Taym yakunlanishi arafasida mezbonlar yana bir ajoyib qarshi hujum tashkil etishdi va Migel Layyun vaziyatni gol bilan yakunladi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalariga kelib, «Real» futbolchilari penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, ammo Serxio Ramosning zarbasi to‘singa tegib darvoza chizig‘idan qaytdi.

84-daqiqada «Sevilya»ning yana bir hujumi gol bilan yakunlandi. Gabriyel Merkadoning zarbasidan so‘ng to‘p Ramosning oyog‘idan darvoza to‘riga borib tushdi, 3:0.

87-daqiqada Asensioning uzatmasidan so‘ng Mayoral boshi bilan darvozani ishg‘ol qilib, hisobni qisqartirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda esa madridliklar yana bir penalti tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi va bu safar jamoa sardori zarbada adashmadi, 3:2.

Mehmonlar o‘yin yakunida kichik iroda namoyish qilishdi. Ammo mag‘lubiyatdan qutilib qolish «Real»ga nasib etmadi.

Ispaniya primerosi. 34-tur

Sevilya – Ryeal madrid – 3:2 (2:0)

9 may, «Ramon Sanches Pisxuan»

Gollar: 1:0 – 26 Ben-Yedder, 2:0 – 45 Layyun, 3:0 – 84, avtogol Ramos, 3:1 – 87 Mayoral, 3:2 – 90, penalti Ramos.

Sevilya: Soriya, Langle, Parexa, Eskudero, Merkado, Nzonzi, Pisarro, Vaskes (Mesa, 79), Layyun, Muriel (Sandro Ramires, 62), Ben-Yedder (Karrisu, 81).

Real Madrid: Kasilya, Valyexo, Teo, Nacho, Ramos, Sebalyos (Mayoral, 70), Kazemiro (Lyorente, 87), Vaskes, Kovachich, Asensio, Benzema.

Ogohlantirishlar: Merkado (42), Pisarro (69), Ramos (83), Eskudero (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:41, 10.05.2018.
O'qildi: 10559 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик