Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

O‘FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Jizzaxda bo‘ldilar

O‘FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Jizzaxda bo‘ldilar

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonda futbolni eng dastlabki bo‘g‘ini — bolalar futbolidan boshlab isloh qilishni maqsad qilgan O‘FA O‘zbekiston Respublikasining barcha hududlarini ichidan o‘rganishni maqsad qilgan.

Shu munosabat bilan O‘FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasida yangi ishchi guruh tuzildi. Ayni paytda guruh vakillari O‘FAning birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘i bilan ayni paytgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va vodiyda bo‘lib qaytdilar. 9 may kuni ishchi guruh Jizzaxda bo‘ldi.

Quvonarlisi shundaki, Jizzaxda 2003-2006 yillar oralig‘ida tug‘ilgan futbolchilar o‘rtasida viloyat birinchiligi start olishi arafasida. Aslida O‘FAning maqsadi ham shunday, barcha viloyatlarda o‘z chempionatlarini ishga tushirish. Boshqarma a’zolari Jizzax, Paxtakor, Sharof Rashidov va G‘allaorol tumanlarida bo‘ldilar.

Viloyatda futbol klublari asosan BO‘SMlar orqali shakllanadi. Tabiiyki, bu tumanlardagi bolalarni ehtiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun sentyabr oyidan e’tiboran barcha hududlardagi maktablarning terma jamoalari shakllantiriladi va viloyat futbol federasiyasi tomonidan nazoratga olinadi. Shu yo‘l orqali O‘FA Jizzaxning chekka qishloqlaridan ham chiqadigan iste’dodlarni payqash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari 10 may kuni Samarqandda bo‘lsalar, 11 mayda Qashqadaryo viloyatining tumanlari bilan yaqindan tanishadilar.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 09:54, 10.05.2018.
O'qildi: 2574 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик