Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Zlatan ramziy termasi yoxud bu yulduzlarni JCH-2018da ko‘rmasligimiz mumkin (fotogalereya)

Zlatan ramziy termasi yoxud bu yulduzlarni JCH-2018da ko‘rmasligimiz mumkin (fotogalereya)

Baho:
+ | -

Shvesiyalik Zlatan Ibragimovich Rossiyaga keladi, ammo JCHda qatnashish uchun emas. U mundial o‘yinlarini kuzatish barobarida Sochida plyaj futboli bahsida o‘zini ko‘rsatmoqchi. Umuman, yana bir qator taniqli futbolchilarning JCH-2018 tomoshabinlari qatoridan joy olishlari ehtimoli katta.

Janluiji Buffon, David Alaba, Jorjo Kyellini, Leonardo Bonuchchi, Arturo Vidal, Genrix Mxitaryan, Garet Beyl, Aleksis Sanches, Aryen Robben va Pyer-Emerik Obameyang kabi yigitlar terma jamoalari saralash chig‘irig‘idan chiqolmagani uchun Rossiyaga kelishmaydi.

Yana shunday futbolchilar ham borki, ular turli sabablarga ko‘ra, turnir ishtirokchilari ro‘yxatidan chetda qolishlari mumkin.

To‘g‘ri, quyidagi fotojamlanma (manba: soccer.ru)ga kiritilgan ayrim o‘yinchilar hali umid uzishmagan va ularni bo‘lajak chempionatda ko‘rishimiz ehtimoli yo‘q emas. Faqat buning uchun omadlari kelishiyu, tezroq tiklanishlari talab etiladi...

Darvozabon. Ahmad al SHENAVI (Misr)

Afrika jamoasining 45 yoshli golkiperi - afsonaviy Essam al Xadari asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgandi, ammo yosh al Shenavi tizzasidan jarohatlanib, safdan chiqdi.

Uning JCHning ilk o‘yinida misrliklarga yordam berolmasligi aniq. Lekin shu tufayli al Xadari JCH tarixida maydonga tushgan eng yoshi katta futbolchi maqomini olishi mumkin.

Himoyachi. Jibril SIDIBE (Fransiya)

«PSJ» va «Monako» o‘rtasidagi o‘yin (7:1) o‘ng qanot himoyachisi uchun omadsiz keldi. Ma’lum qilinishicha, reaktiv tezlikka ega va texnik salohiyati baland Jibril turnir startiga qadar to‘liq tiklanishga ulgurmaydi.

Himoyachi. Jerom BOATENG (Germaniya)

«Bavariya»ning CHL yarim finali doirasida «Real»ga qarshi kechgan o‘yini JCH-2018ni yana bir yorqin ijrochidan mahrum qildi. To‘g‘ri, Boateng mundialgacha safga qaytishi mumkin, ammo umid juda kam.

Himoyachi. Viktor VASIN (Rossiya)

SSKA vakili JCH o‘yinlariga zo‘r ishtiyoq bilan shaylanayotgandi, ammo bemavrid jarohat... Viktorning ham turnirgacha tayyor bo‘lishi gumon.

Himoyachi. Georgiy JIKIYA (Rossiya)

Ayni payt yo‘qotishlar bo‘yicha aynan Rossiya termasi yetakchi bo‘lib turibdi. «Spartak»ning universal himoyachisi Jikiya ham yoqimsiz jarohat oqibatida o‘yin bobidagi ajoyib yuksalishdan to‘xtab qoldi.

Yarim himoyachi. Lukas BIGLIYA (Argentina)

Argentinalik yarim himoyachilar Ispaniya termasiga qarshi kechgan «o‘rtoqlik»da barchani uyaltirib qo‘yishdi. Xavotir ustiga muammo - tajribali Bigliya «Milan»ning «Benevento» bilan omadsiz o‘yinida safdan chiqdi. Jahonning amaldagi vise-chempioni shu jarohat tufayli Rossiya mundialini chetdan kuzatishi mumkin.

DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:07, 12.05.2018.
O'qildi: 20522 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик