Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Pepsi Superliga: “Nasaf” - “Neftchi”. Prevyu

Pepsi Superliga: “Nasaf” - “Neftchi”. Prevyu

Baho:
+ | -

“Nasaf” navbatdagi 12-tur uchrashuvini o‘z maydonida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.


Jamoalar milliy chempionatdagi o‘zaro 43-uchrashuvida maydonga tushishadi. Uchrashuv 14 may dushanba kuni “Markaziy” stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 12-tur

“NASAF” – “NEFTCHI”

14.05.2018. “Markaziy” stadion. 18:00da

Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Timur Galeev (Toshkent), Aleksandr Sidorov (Toshkent)

Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro)

Nazoratchi: Arslon Hotamov (Toshkent)

Komissar: Baxtiyor Namozov.

 

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlari tarixidan

Mazkur jamoalar hozirgacha milliy chempionatimizda 42 marta o‘zaro bahs olib borishgan. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda "Nasaf" 18 marta g‘alaba qozongan. 15 uchrashuvda “Neftchi” jamoasining qo‘li baland kelgan. Qolgan 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik "ajdarlar" tomonida - 58:49.

Esingizda bo‘lsa, “Nasaf” jamoasi o‘z tarixidagi ilk oliy liga uchrashuvini o‘z maydonida aynan “Neftchi” jamoasiga qarshi uchrashuv bilan boshlagan. Ushbu uchrashuv 1997 yilning mart oyida Qarshida bo‘lgan.

Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi “ajdarlar” farg‘onaliklar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda mag‘lubiyatsiz seriyalarini davom ettirib kelishmoqda. Jamoamiz ustozi shu paytgacha shogirdlarini milliy chempionat uchrashuvlarida “Neftchi”ga qarshi o‘n marta maydonga olib tushgan. Shu uchrashuvlarning sakkiztasida "Nasaf"ning qo‘li baland kelgan va ikki uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Qarshidagi o‘zaro uchrashuvlarga oid

Jamoalar Qarshida o‘zaro 21 uchrashuvda maydonga tushishgan. Bo‘lib o‘tgan 14 uchrashuvda “Nasaf”ning qo‘li balan kelgan, 6 uchrashuvda farg‘onaliklar g‘alabaga erishgan. Qolgan birgina uchrashuvda durang natija qayd etilgan. Qarshida o‘tkazilgan uchrashuvlarda darvozalarga jami 57ta gol kiritilgan. To‘plar nisbati 38:19ni tashqil etmoqda. Ustunlik qarshiliklar tomonida.

“Nasaf” jamoasi o‘z muxlislari oldida ilk marta “Neftchi” jamoasi ustidan 2000 yili tarixiy g‘alabaga erishgan. Bu uchrashuv 4:2 hisobida yakunlangan. Uchrashuvdagi jamoamiz gollariga Rustam Abdullayev (26), Bahrom Haydarov (28), Zafar Xolmurodov (56), Murod Ismoilov (86)lar mualliflik qilishgan. “Neftchi” qarshiliklarning ikki golini Akmal Xolmatov va Asad Do‘rmonovlar kiritishgan.

“Neftchi” jamoasi so‘nggi bor 2012 yili Qarshida g‘alabaga erishgan. Jamoalar Qarshidagi yagona va so‘nggi 1:1 durang natijani, 2001 yili qayd etishgan.

“Nasaf” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14 may dushanba kuni “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashv soat 18:00da boshlanadi.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv esa bugun 10 may yakshanba kuni Sputnikdagi yoshlar qarorgohi maydonida soat 17:00da boshlanadi.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 13:28, 13.05.2018.
O'qildi: 3263 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.