Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Mundial – 2018 ni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Mundial – 2018 ni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan yulduzlar

Baho:
+ | -

Futbol olamining eng nufuzli musobaqasi tobora yaqinlashib bormoqda. Goal nashri fursatdan foydalanib, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etishi so‘roq ostida bo‘lgan yetakchi nomdor futbolchilar haqida so‘z yuritdi.

2018-yilgi Jahon Chempionati boshlanishiga ham ikki oydan kam vaqt qoldi. Milliy terma jamoa bosh murabbiylari esa so‘nggi yakuniy ro‘yxat ustida bosh qotirishmoqda va Rossiya yashil maydonlariga o‘zlarining eng sara tarkibini olib kelish niyatida.

Kelayotgan haftalarda ular endi futbolchilarning sog‘liqlariga ham jiddiy e’tibor qaratishadi. Boisi milliy chempionatlar tobora yakuniga yetmoqda, jarohatlar esa sodir bo‘lishi mumkin. Bu esa murabbiylarning rejalarini o‘zgartirib yuborishi aniq. Birorta futbolchi, u xatto eng zo‘ri bo‘lsa ham, jarohatlardan sug‘urtalanmagan.

Goal nashri bu yilgi Mundialni o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan yulduzlarga bir nazar soldi.

2018-yilgi Jahon Chempionatini o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lganlar

Iyun boshlangunigacha Mundialni kimlar o‘tkazib yuborishi mumkin, degan savolga aniqroq javob bo‘la oladiganlar haqida quyida so‘z yuritiladi. Bular rasman tasdiqlanmagan bo‘lsada, ba’zi futbolchilarning holati aniq ravshan ko‘rinib turibdi.

Fransiya Rossiyada o‘zining ikkinchi chempionligiga erishish niyatida. Ammo bu holat Karim Benzemasiz yuz berishi aniq. “Real” hujumchisi vatani safida 2015-yil oktyabridan beri o‘ynamayapti. Hujumchi Didye Desham murabbiyligi ostida o‘ynamasligi hammaga ma’lum bo‘lsa kerak.

Angliya musobaqada “Liverpul” yarim himoyachisi Aleks Oksleyd-CHemberleyn xizmatlaridan aniq foydalana olmaydi. “Arsenal”ning sobiq vakili Chempionlar Ligasining “Roma”ga qarshi kechgan yarim final o‘yining dastlabki uchrashuvida tizzasidan jiddiy jarohat oldi va bir necha oyni o‘tkazib yuboradi.

Germaniya termasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov qo‘li ostida bir guruh iste’dodlar jamlangan. Ammo ulardan ikkitasi – “Bavariya” vingeri Serj Gnabri va “Borussiya Myunxengladbax” sardori Lars Shtindllar aniq musobaqada ishtirok eta olmaydi. Ular ham jiddiy jarohatlar sabab davolanishga majbur.

Katta shubha bilan 2018-yilgi Jahon Chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lganlar

Besh karra Jahon chempionlari turnirga asosiy favoritlardan biri sifatida tashrif buyurishadi. Ammo ularning asosiy yulduzi – Neymarsport formasini to‘liq tiklay olmagani sabab “katta bayram”ni o‘tkazib yuborishi xavfi bor. Neymar mart oyida oyog‘idan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi. Milliy terma jamoa shifokori Rodrigo Lasmarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchi uch oyga safdan chiqqan. Bu degani, u jarohatidan forig‘ bo‘lsada, sport formasini tiklab olishga ulgurmasligi mumkin. Neymarning jarohati Titening asosiy bosh og‘rig‘i emas. “Yuventus” vakili Aleks Sandro ham jarohat olgan.

Germaniya ham Davomi:

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:38, 15.05.2018.
O'qildi: 13834 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.