Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/10 00:00 Real Madrid 2-0 Vilyarreal
06/10 14:00 Paxtakor 4-2 Dinamo
06/10 15:30 Yuventus 1-1 Kalyari
06/10 17:00 Jirona 2-1 Atletik Bilbao
06/10 17:30 Ukraina 7-1 Fransiya
06/10 18:00 Bolonya 0-0 Parma
06/10 18:00 Lasio 2-1 Empoli
06/10 18:00 Chelsi 1-1 Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa 0-0 Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves 0-3 Barselona
06/10 20:00 Braziliya 2-1 Argentina
06/10 20:30 Brayton 3-2 Tottenhem
06/10 21:00 Monsa 1-1 Roma
06/10 21:30 Sevilya 1-0 Betis
06/10 23:45 Fiorentina 2-1 Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad 1-1 Atletiko

Pro-liga. «V» guruhida yangilik – «Zomin» peshqadam!

Pro-liga. «V» guruhida yangilik – «Zomin» peshqadam!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Pro-liganing 9-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. “A” guruhida turnir jadvalini boshqarib boruvchilar qatorida o‘zgarish yuz bergani yo‘q. “Andijon” garchi safarda kuchli raqibiga qarshi to‘p surib, ikki ochko yo‘qotgan bo‘lsa-da, ikkinchi pog‘onanai hech kimga bo‘shatmadi. Buning aksi o‘laroq, “Dinamo” garchi ochko ishlagan bo‘lsa-da, autsayderlik maqomini o‘zidan begona qilmadi. Mavsum boshida Superligaga da’vogarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda tilga olingan “Dinamo”ning salkam o‘n turdan beri birorta yutuqqa erisha olmayotgani ko‘pchilikni taajjublantiryapti. Huddi shuningdek, “Xorazm”ning ham ahvoli durust emas.

Qaytanga, “V” guruhidagi o‘yinlar tobora qizib bormoqda. 9-turga kelib guruhning yangi “hokimi” paydo bo‘ldi – “Zomin” garchi mavsum boshida peshqadamlar qatorida yurgan bo‘lsa-da, aynan peshqadamlik mazasini totib ko‘rmagandi. Mana, 9-turga kelib zominliklar turnir jadvalining eng yuqori cho‘qqisiga chiqishdi. Agar “jilovni” qo‘ldan chiqarsa, yana pastga tushib ketish qiyin ish emas.

Aksincha, “Iftixor”, “Xotira-79” kabi jamoalarning imkoniyatlari yuqori sanalgan edi. “Lokomotiv-79” haqida fikr yuritish ham qiyin bo‘lib qoldi. Bir necha mavsumdan buyon quyi liganing o‘rtamiyona klublaridan bo‘lib kelgan jamoaning bu yilgi “shashti” ancha past. Poytaxtliklar shu turgacha birorta yutuq u yoqda tursin, hatto bir ochkolik durang ham qayd etisha olmayapti. Bu ahvolda jamoaning musobaqada qatnashishdan maqsadi nima bo‘lgan ekan boshida?...  

9-tur. 14 may (dushanba)

“A” guruhi

“DINAMO” – “ANDIJON” - 1:1 (1:0).

Samarqand shahri. “Dinamo” stadioni. 1201 tomoshabin.

Hakamlar: Jasur Muxtorov (Toshkent), Ravil Shoyaxmetov (Toshkent), Server Yeremeev (Toshkent).

 “Dinamo”: Shohruh Eshbo‘tayev, Mirkomil Loqayev, Firdavs Abdusalimov (Jasur Qurbonov, 89), Akmal Bozorov, Ilhom Yunusov, Jasur Ashurov, Jasur Azimov, Amirjon Safarov (Maradona Safarov, 87), Komil Sharofutdinov, Mirzabek Joniqulov, Zohir Qo‘ziboyev (Damir Temurov, 68).

 “Andijon”: Akmal Ortiqov (Javohir Qilichev, 90+2), Xushnud Avilov, Ibrohim Otaxonov, Sunnatilla Mamadaliyev (Hoshim Shokirov, 79), Davron Isoqov, Eldor Boymatov, Ildar Mamatkazin, Shoxruh Boyqo‘ziyev (SHahboz Jumaboyev, 90+4), Laziz Ubaydullayev, Doniyor Abdumannopov (Jahongir Omonov, 64), Nodir Mavlonov.

Gollar: I.YUnusov (43) – D.Isoqov (69).

Ogohlantirish: D.Temirov (70, “Dinamo”).

Nazoratchi  - Farhod Abdullayev (Toshkent).

Komissar – Jahongir Rahmatullayev.

“ISTIQLOL” – “SHO‘RTAN” - 2:1 (0:1).

Farg‘ona shahri. “Istiqlol” stadioni. 2024 tomoshabin.

Hakamlar: Akobirxo‘ja Shukurullayev (Toshkent), Rasul Fozilov (To‘raqo‘rg‘on), Maksim Nexochin (Namangan).

 “Istiqlol”: Eldor Isaboyev, Iqbol Boboxonov, Jasur Ermamatov (Abdulaziz Yoqubov, 60), Abduxoliq Qurbonov (Aziz Madaliyev, 46), Rizo Ayvazov (Temur Tolipov, 46), Sardor Sotvoldiyev (Sardor Telyakov, 46), Elyor Akbarov, Sherdor To‘xtasinov, Temur Sultonov (Bobur Aminjonov, 59), Rustam Abduhamidov, Sanjar Asqaraliyev.

 “Sho‘rtan”: Alibek Turobov, Muhammadali Aliqulov (SHahzod Hursanov, 85), Xolmurod Xolmurodov, Olimjon Karimov, Sirojiddin Rahmatullayev, Jasur Xolto‘rayev, G‘ulom Rahmonov (Ma’rufxon Murodov, 63),  Islom Boysariyev (Muhammadali Abdurahmonov, 46, Nurbek Yo‘ldoshev, 75), Og‘abek Erkinov, Otabek Narzullayev (Kenja To‘rayev, 83), Obid Jo‘raboyev.

Gollar: T.Tolipov (56-pen.) – J.Xolto‘rayev (24), O.Jo‘raboyev (70, o‘z darv.).

Ogohlantirishlar: S.Asqaraliyev (39), A.Madaliyev (82) – O.Narzullayev (39), U.Jo‘raboyev (56), M.Abdurahmonov (62), O.Karimov (o‘yindan keyin).

Nazoratchi -  Baxtiyor Tog‘ayev (Toshkent).

Komissar – U.Umarov.

“MASH’AL” – “OROL” - 3:0 (3:0).

Muborak shahri. “B.Vafoyev” nomidagi stadion. 782 tomoshabin.

Hakamlar: Igor Xudaydatov (Toshkent), Akbar Po‘latov Toshkent), Avazbek  Abdullayev Toshkent).

 “Mash’al”: Rahimjon Davronov, Zafarbek Akramov, Sardor Rahmonov, Sardor Abduraimov (Abdulloh Olimov, 46), Mirzakamol Kamolov (Asiljon Begimqulov, 46), Humoyun Murtazoyev. (Vohid Shodiyev, 58), Jamoliddin Ubaydulloyev (Jalil Asani, 61), Husniddin Aliqulov, Bobur Qosimov, Nikita Pavlenko, Akramjon Bahriddinov (SHahzod Ubaydulloyev, 76).

 “Orol”: Eldor Shuhratbekov, Rasul Musayev, Islom Seytnazarov, Alisher Soburov, Nurlibek Talasboyev (Ulug‘bek Qutiboyev, 90), Navro‘z Alimov (Po‘lat Kaipnazarov, 78), Navro‘zbek Haipov, Albert Siddiqov, Shahriyor Karimboyev, Baxtiyor Arazov, Azamat Bobojonov.

Gollar: H.Murtazoyev (6), S.Rahmonov (11-pen.), Akramjon Bahriddinov (16).

Ogohlantirish: H.Murtazoyev (37, “Mash’al”).

Chetlatish: I.Seytnazarov (13, “Orol”, raqibiga golli vaziyatda qo‘pollik qilgani uchun)

Nazoratchi  - Oleg Rubakov (Toshkent).

Komissar – Bekzod Aripov.

“XORAZM” – “SURXON” - 0:0.

Urganch shahri. “Yoshlik” stadioni. 752 tomoshabin.

Hakamlar: Asker Najafaliyev (Toshkent), Bektursin Kannazarov (Nukus), Jalgasbay Sarsenov (Nukus).

"Xorazm": G‘ayrat O‘dayev, Mirzajon Sa’dullayev (Muhammadqodir Rahimberganov, 46), Ravshanbek Sultonov, Yerbol Seytnazarov (Timur Bekchanov, 55), Farruh Haydarov (Sardorbek Matmurotov, 74), Timurbek Ismoilov, Jasurbek Otajonov, Qadamboy Nurmetov, Asadbek Mambetov (Xabibulla Matyoqubov, 83), Siroj Ro‘zmetov, Mirjalol Qurbonov.

 “Surxon”: Azamat Ahmedov, Ubaydullo Xoliqulov, Bahriddin Vahobov (Timur Usmonov, 73), Abbos Po‘latov, Elbek Otaqulov, Alisher Mirzayev (Sirojiddin Qo‘ziyev, 64), Farhod Tojiyev (Ravshan Xursanov, 87), Islom Inomov (Najmiddin Normurodov, 31), Daniyel Nasriddinov, Sardor Eminov (Dilshod Xushbakov, 68),  Azizbek Usmonov.

Ogohlantirishlar: J.Otajonov (39), T.Bekchanov (71), G‘.O‘dayev (90+1) – I.Inomov (28), F.Tojiyev (67).

Nazoratchi - Oleg Dachev (toshkent).

Komissar – Bobur Haydarov.

9-turdan keyingi vaziyat:  

1.MASH’AL           8        6        1        1        14-7   19

2.ANDIJON         8        5        1        2        17-9   16

3.SURXON             8        4        3        1        11-5   15

4.ISTIQLOL        8        5        0        3        10-10 15

5.SHO‘RTAN            8        2        3        3        11-8   9

7.XORAZM             8        1        4        3        10-15 7

6.NORIN              8        1        4        3        6-11   7

8.OROL                8        1        2        5        9-19   5

9.DINAMO           8        0        4        4        5-9     4

To‘purarlar:       Davronbek Isoqov (“Andijon”) – 7, Qadamboy Nurmetov (“Xorazm”) – 6.

“V” guruhi

“XOTIRA-79” – “G‘IJDUVON”  - 1:1 (1:0).

Uychi shahri. “Paxtakor” stadioni. 1007 tomoshabin.

Hakamlar: Rustam Lutfullin (Toshkent), Otabek Qosimov (Toshkent), Farruh Yo‘ldoshev (Toshkent).

“Xotira-79”: Muhammadali Ashurov, Mahmudjon Najmiddinov, Rahmonjon O‘rinov (Fozilbek Dehqonov, 67), Sunnatilla Rustamov (SHuhrat Hamidov, 78), Sohib Abdullayev, Yodgor Nazarov, Sobir Hamidov, Sanjar Toshpo‘latov, Ilyos Sadriddinov (Omadbek Toshmirzayev, 85), Botir To‘raboyev, Bobur Mamajonov.

“G‘ijduvon”: Iskandar Mo‘minov, To‘lqin Umarov, Rahmatullo Rahmatulloyev (Azizbek Murotov, 25), Saiddoston Fozilov, Baxrom Narzullayev, Nuriddin Rahmatullayev, Jamshid Hasanov, Ravshan Yangiyev, Oxunjon Sayfiddinov, Xurshid Shodiyev, Mansur Otaqulov (Abbos Ikromov, 84).

Gollar: B.Mamajonov (19) – T.Umarov (74).

Ogohlantirishlar: R.O‘rinov (48) – X.SHodiyev (35), O.Sayfiddinov (49), R.YAngiyev (64).

Nazoratchi - Andrey Klepikov (Toshkent).

Komissar – Laziz Qo‘chqorov.

“LOKOMOTIV-BFK” – “ZOMIN” - 1:4 (0:2).

Toshkent shahri. TTYMI stadioni. 179 tomoshabin.

Hakamlar: Ravshan Abduvohidov (Qarshi), Shohruh Erkinov (Toshkent), Bekzod Xudoyberganov (Toshkent).

 “Lokomotiv-BFK”: Ulug‘bek Abdumalikov, Sardor Ismoilov, Elyor Omonjonov (Timur Fayzullayev, 46, Mansur Po‘latov, 79), Saidmahmud G‘ulomov, Hayotbek Sotvoldiyev (Timur Ergashev, 46), Aleksandr Belyakov, Amirbek Fayziyev (Saidmirzo To‘xtasinov, 59), Islom Sharipov, Azizbek Tohirov, Shohruh Murotov, Islom Abduraimov (Hamidullo Sobirov, 64).

 “Zomin”: Javohir Komilov, Shuhrat Sadirdinov (Jonibek Ko‘chimov, 69), Ubaydullo Nabiyev, Sherzod Jalilov (Qalandar Qudratov, 82), Tursunmurod Hamdamov (Eldor Karimov, 63), G‘ayrat Umirov (Asliddin Meliboyev, 84), Durbek Kamolov, Behruz Do‘stmurodov (Elbek Jumanov, 79), Hazratjon Tursunqulov, Doston Toshmatov, Shahzod Abdurahimov.

Gollar: T.Ergashev (64), A.Tohirov (62, o‘z darv.) – SH.Abdurahimov (34), SH.Sadirdinov (40), D.Toshmatov (90+3).

Ogohlantirishlar: A.Tohirov (7), SH.Murotov (52), A.Belyakov (86) – SH.Sadirdinov (24), SH.Abdurahimov (29), D.Toshmatov (54), G‘.Umirov (84).

Nazoratchi - G‘ayrat Karimov (Toshkent).

Komissar – Rustam Tolipjonov.

“LABSA” – “NURAFSHON” - 1:0  (1:0).

G‘ijduvon shahri. “Navro‘z” stadioni. 315 tomoshabin.

Hakamlar: Davron Akmalov (Toshkent), Suxrot Sattorov (SHahrisabz), Rustam Choriyev (Jarqo‘rg‘on).

"Labsa": Shahzod Shamsiddinov, Akobir Vohidov, Oybek Boboyev (Xurshid Hasanov, 90+4), Jasur Sayliyev (Farmonbek Hasanov, 83), Saidjon Ashurov, Shahzod Beshimov (Javohir Jumayev, 46), Feruz Muinov, Javohir Shodmonov, Ahadjon Qahhorov, Islom Xoliqov, Narimon Hasanov (Nozimjon Ashurov, 51).

"Nurafshon": Ravshan Yagudin, Muhammadodil Qahramonov (Murodjon To‘ychiboyev, 67), Doston Bahromov (Dilshod Fayziyev, 53), Murod Rajabov, Ruslan Beklich (Orifjon Hakimjonov, 70), Abdurasul Komilov, Abdug‘ani Kamolov, Ruslan Vagapov, Orifxo‘ja Abduxoliqov, Farruh Shotursunov, Elbek Ravshanov.

Gol: S.Ashurov (31).

Ogohlantirishlar: S.Ashurov (43), J.Sayliyev (82) – R.YAgudin (8), E.Ravshanov (28), O.Hakimjonov (75).

Chetlatish: F.SHotursunov (87, “Nurafshon”, qanot hakamiga nisbatan haqoratomuz so‘zlari uchun).

Nazoratchi - Nabi Ro‘zimov (Toshkent).

Komissar – Azizbek Ergashev.

“IFTIXOR” – “SHERDOR” - 1:1 (1:1).

Oltiariq shahri. “Markaziy” stadion. 2600 tomoshabin.

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev (Namangan), Ibrohim Jo‘rayev (CHirchiq), Husan Xudoyberdiyev (Nurafshon).

 “Iftixor”: Xurshid Muhammadov, Hasanboy Ergashev, Oyatulloh Muhiddinov (Ilhom Aliboyev, 77),  Akmal Xolmatov, Dilmuhammad Xudoyberdiyev, Umid Matmusayev, Farruh Oxunov (Tursunboy Husanov, 55), Asad Komilov (Asad Ma’murov, 20), Nodir Yo‘ldoshev, Orif Mamajonov, Said Abdujabborov.

 “Sherdor”: Farhod Rahmatov, Umar Navro‘zov (Orzumurod Ahmedov, 69), Mirjalol Loqayev, Sherbek Shukurov, Akbar Siddiqov (Farhod Safarov, 90+1), Abdulla Nabiyev, Sanjar Ahmedov, Fahriddin Alimov (Otabek Hamroqulov, 72), Saddam Boymamatov, Nurbek Olmosov, G‘olibjon Sariboyev.

Gollar: A.Ma’murov (36) – F.Alimov (7).

Ogohlantirishlar: A.Ma’murov (36) – F.Alimov (35), M.Lokayev (78), O.Hamroqulov (82).

Nazoratchi -  Igor Nexochin (Namangan).

Komissar – Komiljon Mirzaboyev.

9-turdan keyingi vaziyat:

1.ZOMIN                     8        5        1        2        17-5   16

2.G‘IJDUVON               8        4        3        1        13-6   15

3.NURAFSHON              8        4        2        2        15-7   14

4.LABSA                     8        4        2        2        9-7     14

5.YOZYOVON                   8        4        1        3        9-9     13

6.IFTIXOR                8        3        2        3        9-7     11

7.SHERDOR                  8        3        2        3        14-14 11

8.XOTIRA-79              8        2        1        5        8-21   7

9.LOKOMOTIV-BFK    8        0        0        8        6-24     0

To‘purarlar:       Doston Toshmatov (“Zomin”) – 10, Orifxo‘ja Abduxoliqov (“Nurafshon”), Bobur Mamajonov (“Xotira-79”) – 5 tadan.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 23:16, 15.05.2018.
O'qildi: 6250 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.