Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

MOQ Prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov 41 yoshni qarshi oldi

MOQ Prezidenti va O‘FA 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov 41 yoshni qarshi oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi 1-vise-prezidenti Umid Ahmadjonov 41 yoshni qarshi oldi. Umid Ahmadjonov 2017 yilning 12 sentyabrida o‘tkazilgan O‘zbekiston Futbol Federasiyasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasida O‘zbekiston Futbol Federasiyasining yangi prezidenti etib saylangandi.

2018 yilning 16 yanvar kuni esa O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi majlislar zalida o‘tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov bosh Assambleyasida Umid Ahmadjonov O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylandi.

Umid Mahammadjonovich futbol federasiyasiga prezident etib saylangach, mamlakat futbolida tub o‘zgarishlar, ijobiy islohotlar boshlandi. Birinchi navbatda O‘zbekistonda bolalar futbolini rivojlantirish, bu borada futboli rivojlangan mamlakatlardagi kabi tizimni yaratish masalasiga alohida ahamiyat qaratildi. Xorijdan kuchli mutaxassislar yurtimizga jalb qilinib, hududlarda bolalar futbolini rivojlantirish bo‘yicha ish boshlandi. Shuningdek, milliy chempionatimiz saviyasini oshirish, muxlislarni stadionlarga jalb qilish borasida ham qisqa vaqt ichida ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu islohotlar natijasida milliy chempionatimiz formati o‘zgartirilib, Superliga va Pro-liga tashkil qilindi. Muxlislar yana stadionlarga qaytishni boshladi. Eng muhimi maydonda yana haqiqiy kurash, sport tamoyillari asosidagi raqobat yuzaga keldi.

Bundan tashqari, Umid Ahmadjonov O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining xalqaro maydonlardagi natijalarini yaxshilash borasida ham keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Buning natijasida O‘zbekistonning 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoasi shu yil boshida Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida g‘alaba qozonib, ushbu yosh toifasida tarixda birinchi marta chempionlikka erishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun kuchli raqiblar bilan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilindi. Jumladan, tarixda ilk marotaba O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun mundialga yo‘llanma olgan Marokash, Senegal, Urugvay kabi terma jamoalar bilan Jahon chempionati oldidan o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilindi va tashkil qilinmoqda.

Aynan mamlakat futbol tizimida olib borgan oqilona siyosati, qilgan islohotlari va erishgan yutuqlari Umid Ahmadjonovning Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti etib saylanishiga turtki bo‘ldi. Buning natijasida qisqa fursat mobaynida islohot va yangilanishlar endi butun respublika sportini qamrab oldi.

Umid Mahammadjonovichning eng katta yutuqlaridan yana biri Milliy olimpiya qo‘mitasi va Jismoniy tarbiya va sport vazirligini yagona maqsad yo‘lida birlashtira olgani bo‘ldi. Bugungi kunda Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasida jonkuyar, fidoiy, mehnatkash ahil jamoa jam bo‘lgan bo‘lib, ushbu jamoa katta maqsadlar sari olg‘a bormoqda. Asosiy maqsad o‘zbek sporti, xususan, o‘zbek futbolini jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishini ta’minlash, xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qilish, terma jamoalarimiz Jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash.

Eng muhimi muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yuksak ishonchlarini oqlash, katta g‘alabalar va oliy natijalar bilan Prezidentimizni, xalqimizni xursand qilish. Bu yo‘lda mamlakatimiz Olimpiya harakati ishtirokchilari va katta sport oilasi nomidan Umid Mahammadjonovichga mustahkam sog‘liq, uzoq umr, oilaviy xotirjamlik, kuch-quvvat, boshlagan hayrli ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 09:41, 16.05.2018.
O'qildi: 4194 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.