Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston - jahon chempioni!

O‘zbekiston - jahon chempioni!

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

10 may kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylari o‘rtasida Jahon chempionati start olgan edi.

Ushbu turnirda tarixda birinchi marotaba O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Mundialda 14-17 yoshdagi futbolchilar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi guruhda Pokiston bilan 0:0 hisobida durang o‘ynashdi, Rossiyani esa 2:0 hisobida mag‘lub etib guruhdan chiqishgandi. Chorak finalda vakillarimiz Nepalni 2:1 hisobida taslim qilib yarim finalga chiqishgandi.

Yarim finalda hamyurtlarimiz Burundini 1:0 hisobida mag‘lub etib finalga chiqishdi.

Finalda O‘zbekiston Pokiston bilan o‘ynadi. Uchrashuvning 6-daqiqasida hujumchimiz Ruslan Kotov hisobni ochdi -1:0. Keyin pokistonliklar hisobni tenglashtirdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida durang bilan tugadi. Penaltilar seriyasida omad vakillarimizga kulib boqdi - 6:5.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 14:39, 16.05.2018.
O'qildi: 5042 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик