Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Taqdiriga futbolchilik yozilganlar. Top-5

Taqdiriga futbolchilik yozilganlar. Top-5

Baho:
+1 | -1

Odatda, bolalar futbol bilan qanchalik erta shug‘ullanishni boshlashsa, shuncha yaxshi. Ular voyaga yetgunga qadar futbolning sir-asrorlarini ancha o‘zlashtirib olishadi. Ammo, shunday o‘yinchilar borki, ular juda kech futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganlariga qaramay, ancha-muncha natijalarga erishishgan. Bugun ana shunday futbolchilar haqida so‘z yuritamiz.

Troy Dini

Hozirda APLning ko‘zga ko‘ringan hujumchisi bo‘lmish Troy Dinining futbolchilik faoliyatini qanday boshlaganini ehtimol ko‘pchilik bilmasa kerak. Eng qizig‘i, u hech qanday futbol akademiyasida tayinli tahsil olmagan. Hayron qolarli tomoni shundaki, u yoshligidan alkagol ichimliklarga o‘rganib qoladi. Lekin kuchli xarakter egasi bo‘lgani uchun ham bu og‘u uni yenga olmaydi. Yoshi 20 dan o‘tayotgan bir paytda qurilishda g‘isht teruvchi bo‘lib ishlar edi. Kechalari esa havaskorlar jamoasida xobbi uchun to‘p tepardi. Dini bir kuni o‘yinga biroz mast holda kelishiga qaramasdan uchrashuvda 7 ta gol kiritib, o‘rta divizion jamoasi skautlarining nazariga tushadi. O‘yin tugashi bilan skaut uni jamoasiga taklif qiladi. Professional jamoa ko‘rigidan o‘tgach, unga ikki kundan keyin qo‘ng‘iroq qilib jamoaga qabul qilinganini, ertaga kelib shartnomaga qo‘l qo‘yib ketishini so‘rashadi. Dini o‘sha kuni kechasi yana ichadi va ertasi kuni shartnomaga qo‘l qo‘ygani bormaydi. Shunda klub mutasaddilarining o‘zlari uni uyiga borib shartnomaga qo‘l qo‘ydirishadi. Keyinchalik esa bu forvordni 250 000 yevroga «Uotfurd» jamoasiga pullashadi. So‘ng Troy birin-ketin super mavsumlarni o‘tkazadi. Hozirda «Uotfurd» jamoasi sardorining transfermarketdagi narxi 11 million yevroni tashkil qiladi. Ajabo!

Peter Shmeyxel

Afsonaviy darvozabonning 22 yoshgacha nima qilganini eshitsangiz, ehtimol hayron qolarsiz. Futbolga 15 yoshida kirib kelib, 2 yilcha markaziy hujumchi sifatida to‘p surgan, so‘ng o‘rtada kattagina tanaffus qilib, duradgorlik, chilangarlik singari kasblarda ishlaydi va yana futbolga qaytadi. Faqat farqi shundaki, bu safar darvozabon obrazida katta sahnaga chiqadi. U karyerasi muobaynida 23 ta kubokni qo‘lga kiritgan . Ularning ichida Yevropa chempionligi ham bor ekanligi tahsinga sazovor.

Yan Rayt

Angliya tarixida ikkinchi o‘rindagi eng yaxshi to‘purar sifatida hurmat bilan eslanadigan futbolchining ham karyerasi ancha kech boshlangan. Chunki u 14 yoshida «Aston Villa»ga ko‘rikdan o‘tishga kelganida, unga rad javobini berib yuborishgan. So‘ng u alamini ishdan olishga qaror qiladi. 23 yoshigacha zavodda ishlaydi. Futbolga bo‘lgan muhabbati tufayli havaskorlar jamoasida ham to‘p tepib yuraveradi. Uning o‘yinlari ta’rifini eshitib kelgan «Kristal Pelas» skauti unga professional shartnoma taklif etadi. Eng qizig‘i, uning oylik maoshini 100 yevro qilib belgilashadi. Yosh yigitcha bunga ham ko‘nadi va tez orada ommaning e’tiboriga tushadi. Keyinchalik, Londonning «Arsenal» jamoasiga o‘tadi. U yerda bir qator kuboklarga ega chiqadi. Bu orada deyarli 7 yil mobaynida terma jamoa safida o‘yinlarda ishtirok etib keladi va gollari bilan o‘z muxlislarini xushnud etadi.

Miroslav Kloze

Asli polyak bo‘lgan bu futbolchining ham kechmishi qiziq start olgan. U ota-onasining ishi sabab doimo shaharma-shahar ko‘chib yurish bilan yoshligini o‘tkazadi. U avval boshidan futbolni qattiq sevgan, lekin u bilan jiddiy shug‘ullanmagan. Chunki 21 yoshga to‘lganida allaqachon qo‘li gul usta bo‘lib ulgurgan edi. Kechalari Germaniyaning 5-divizionida to‘p surardi. Keyinchalik uni 2- ligadagi jamoa tarkibiga qo‘shib olishdi. Bundesligaga ko‘chib o‘tgach, forvard terma jamoa murabbiylar shtabining e’tiboriga tushdi. So‘ng Koreya va Yaponiyada bo‘lgan mundialda 2-raqamli to‘purar bo‘ldi. O‘zining oxirgi mundialida esa rekord natija qayd etib, jahon chempionatlarida eng ko‘p go‘l urgan futbolchiga aylandi (16 ta).

Didye Drogba

Top beshligimizning eng yuqori cho‘qqisida — Didye Drogba. U o‘smirlik chog‘idayoq Kot-d’Ivuardan ota-onasidan uzoqqa, Fransiyaga — amakisining oldiga ish qidirb keladi. U 21 yoshgacha pul topish uchun qo‘lidan kelgan hamma ishni qiladi. Hatto, farroshlik ham. Amakisi o‘sha davrlarni eslaganda kulib: “Didye jon saqlab qolish uchun o‘sha paytlari juda qattiq kurashgan, ba’zan sutkalab ishlardi”, — degandi. So‘ng futbolchi buxgalteriya sohasida o‘qishga kiradi va Lemar shahriga ko‘chib o‘tadi. Oliygoh jamoasidagi o‘yinlarini ko‘rgan “Gengam” skautlari uni asosiy jamoaga taklif qilishadi. XayotDagi qiyinchiliklardan cho‘chimaydigan qaxramonimiz o‘ylab o‘tirmay professional futboldagi karyerasini boshlaydi. Qisqa fursatda 80 ming yevro evaziga uni “Gengam” xarid qiladi, so‘ng “Marsel” uni 6 millionga sotib oladi. Oradan ko‘p o‘tmay marselliklar uni “Chelsi”ga naqd 38 millionga pullashadi. Drogba karyerasi davomida juda ko‘p jamoaviy va individual yutuqlarga ega chiqadi. Har qanday yosh hujumchiga uning o‘yinlari “master klass” sifatida namoyish etsa arziydi...

Balki ular hayotlarining eng og‘ir pallalarida qo‘llarini tushirib yuborishganida bunday g‘alabalarga erisha olishmagan bo‘larmidi, ehtimol ularning futbolchi bo‘lishi taqdirlarida bitilganmidi? Bunisi bizga qorong‘u. Lekin shunisi aniqki, hayotda qiyinchiliklarsiz katta yutuqlarga erishib bo‘lmaydi…

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:40, 17.05.2018.
O'qildi: 6732 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.