Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal 2-3 Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus 3-0 Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad 3-1 Selta
26/01 00:45 Roma 1-1 Milan
26/01 01:00 Alaves 2-1 Betis
27/01 00:45 Verona - Udineze
27/01 01:00 Jirona - Xetafe
27/01 01:00 Everton - Lids

Kosonsoy stadioniga uzoq tanaffusdan so‘ng yana futbol qaytdi

Kosonsoy stadioniga uzoq tanaffusdan so‘ng yana futbol qaytdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan uyushmagan yoshlar o‘rtasida 9 may Xotira va Qadrlash bayrami kuni munosabati bilan Samaraxon Karimovning 88-yilligiga bag‘ishlangan uyushmagan yoshlar o‘rtasida “Kosonsoy yoshlari jinoyatchilikka qarshi, yod g‘oyalarni qoralaydi” shiori ostida futbol bo‘yicha “Kosonsoy yoshlar kubogi 2018” turniri o‘tkazildi.


 
Turnir o‘z vaqtida Kosonsoy tumani hokimi lavozimida ishlagan marhum Samaraxon Karimovning sa’y-harakatlari bilan qurilgan Kosonsoy “Markaziy” stadionida bo‘lib o‘tdi.


 
Qur’a natijasiga ko‘ra, 16 jamoa, 4-guruhga bo‘lingan holda bahslarga kirishishdi. Har bir bahs qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tdi. Musobaqa finaliga “Guliston” va “Gulobod” jamoalari yetib kelishdi. Murosasiz kurashlar ostida o‘tgan bahsda “Guliston” jamoasi raqiblarini 2:0 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa sazovor bo‘ldi. 2-o‘ringa “Gulobod” klubi loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, 3-o‘rin “Sadacha” hamda “Bog‘ishamol” jamoalariga nasib etdi.


Shuningdek, turnirda qatnashgan futbolchilari har xil nominasiyalar bo‘yicha sovg‘alar topshirildi
 
“Eng yaxshi futbolchi” – Sobir Ahmedov, “Guliston”.
“Eng yaxshi darvozabon” –  Zokirjon Gapparov “Guliston”. “Eng yaxshi himoyachi” –  Abduhakim Ubaysov, ”Bog‘ishamol.
“Eng yaxshi to‘purar” – Amirxon Ibrohimov, “Guliston”. “Eng yaxshi yoshi katta futbolchi” – Muzaffar Jalilov, “Guliston”.
“Eng yaxshi yosh futbolchi” – Olimjon Toshpo‘latov, “Lingvey”.
“Eng namunali futbolchi” – Abrorxon Hojixonov, “Sadacha”.
“Eng chiroyli gol muallifi” –  Jamshid Jahongirov, “Muxlis Media”.
“Eng xavfli hujumchi” – Abdurazzoq Jo‘rayev, “Bog‘ishamol”.
“Eng yaxshi murabbiy” – Rasulxon Maqsudov, “Bog‘ishamol”.

O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Kosonsoy tuman Kengashi raisi Alisher Boltaboyev hamda Samaraxon Karimovning farzandlari Muyassarxon Karimova tadbirda so‘zga chiqib, turnir g‘oliblarini samimiy qutlashdi va tadbirni o‘tkazishda jonbozlik ko‘rsatgan barchaga chin dildan samimiy minnatdorchiligini bildirdi. Bundan tashqari, musobaqani tomosha qilish uchun muxlislar qatorida Samaraxon Karimovning farzandlari, nabiralari ham tashrif buyurishdi.

“Kosonsoy yoshlar kubogi 2018”.

Chorak final
1 may (seshanba)
1/4 final
Gulobod - Yoshlar ittifoqi - 3:1
Istiqlol - Sadacha-1:6
2 may (chorshanba)
Muxlis Media - Bog‘ishamol - 0:1
Guliston - Olmazor - 2:0.
 
1/2 final
5 may (shanba)
Guliston - Bog‘ishamol - 3:0
Sadacha - Gulobod - 2:2 (pen. bo‘yicha: 3:4)
3-o‘rin uchun bahs o‘tkazilmaganligi sababli, Sadacha va Bog‘ishamol jamoalariga berildi.
 
Final
8 may (seshanba)
Guliston - Gulobod - 2:0.
1-o‘rin - Guliston
2-o‘rin - Gulobod
3-o‘rin - Sadacha, Bog‘ishamol.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:11, 18.05.2018.
O'qildi: 4965 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.