Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/12 00:30 Byornli 1-3 Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi 2-2 Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest 0-2 Everton
31/12 00:30 Vest Xem 2-2 Brayton
31/12 01:15 Arsenal 4-1 Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted 1-1 Vulverhempton
01/01 22:30 Kristal Pelas - Fulhem
01/01 22:30 Liverpul - Lids
02/01 01:00 Brentford - Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend - Manchester Siti

Pepsi Superliga: Nazoratchi va qanot hakamlari o‘zgardi

Pepsi Superliga: Nazoratchi va qanot hakamlari o‘zgardi

Baho:
+ | -

Kecha O‘zPFL Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi tomonidan Pepsi Superliganing 13-turini boshqarib boruvchi mas’ullar tayinlangan edi. Bugun ma’lum sababalrag ko‘ra mazkur turdan o‘rin olgan ikkita o‘yinning qanot hakamlari va nazoratchisi almashdi.

Bir guruh hakamlarimiz 25 va 28 may kunlari o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishga taklif etilgan. Jumladan, “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” o‘yinida qanot hakami sifatida xizmat qiladigan R.Serazetdinov va A.Usmonov 28 may kuni Valentin Kovalenko boshchiligida Turkiya – Eron milliy terma jamoalari o‘rtasidagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yiniga taklif etilgan. Shu bois, PFL Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi bu hakamlar o‘rniga boshqalarni tayinladi. Ya’ni, R.Serazetdinov o‘rniga S.Ulfatov, A.Usmonov o‘rniga A.Sapenko.

Shuningdek, ikki nafar nazoratchilar ham joylarini almashgan. “Neftchi” – “So‘g‘diyona” o‘yinida nazoratchilik qilishga tayinlangan F.Abdullayev “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” uchrashuvi nazortchisi A.Arutyunov bilan o‘rin almashishdi. Sababi, “Qo‘qon-1912” – “Qizilqum” bahsini yosh, iste’dodli hakam A.SHukurullayev boshqaradi. Bu hakamimiz esa FIFAga tavsiya etilmoqda. Buning uchun FIFA yo‘riqchisi hisoblangan F.Abdullayev uning xatti-harakatlarini kuzatish, zarurat tug‘ilganda tavsiyalar berish topshirig‘ini olgan.   

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:42, 18.05.2018.
O'qildi: 3186 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.