Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“Neftchi”da ahvol chatoq!

“Neftchi”da ahvol chatoq!

Baho:
+1 | -1
Bugun ko‘plab muxlislardan tortib futbol mutaxassislari bir-birlariga aynan “Neftchi”ning kelgusi taqdiri nima bo‘lishi haqida savol bermoqda. Buning natijasida borgan sari turli fikr-mulohazalar ortib bormoqda.
 
Ammo xalqimizda “ichidan o‘tganini o‘zi biladi” degan dono bir naql bor. “Neftchi” profsessional futbol klubida kanday vokealar yuz berayotganini, futbolchilar esa nega o‘yindan-o‘yinga “ochilib, kuch-quvvatga to‘lib” emas, faqat boshni ham qilib maydonni tark etayotganlarining sababini faqat klubdagilar yaxshi bilishi mumkin.
 
Ustiga-ustak, 2018 yilning 5 may kuni “Neftchi” professional futbol klubining raisi Mo‘ysinjon Dadajonovich Mehmonov o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasinn bekor qilish yuzasidan ariza berganligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Jurnalist Qodirali Axmadaliyev bahs-munozaralarga oydinlik kiritish maqsadida ushbu maqolani bizga ilindi.
  Xo‘sh, nega? “Neftchi” professional futbol klubining bugungidek ayanchli ahvolga tushib qolishi sabablarini bu yilgi mavsum boshidan boshlab qidirishimizga to‘g‘ri keladi. Ko‘pchilikning xabari bor, “Neftchi” professional futbol klubi Superligadagi boshqa jamoalar kabi yangi mavsumga tayyorgarlikni o‘z vaqtida boshlamadi, aksincha bir oy kech boshladi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor edi. Birinchidan, o‘tgan mavsum yaxshi natijalar ko‘rsata olmagani uchun “Neftchi” professional futbol klubi birinchi ligaga tushib ketgan bo‘lib, uning o‘rniga birinchi ligada mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Quvasoy shahrining “Sementchi” klubi Superligaga yo‘l olgandi.
 
“Neftchi”ning avvalgi shon-shuhratnni saqlab qolish, uning Superligadagi o‘rnini yo‘qotmaslik maqsadida “Sementchi” PFK jamoasi to‘laligicha “Neftchi” PFKga aylantirildi va xatto “Neftchi”ning zamonaviy futbol bazasigacha olib berildi. Farg‘ona shahridagi zamonaviy “Istiqlol” futbol o‘yingohi ham tasarrufiga berildi. Shu ishlar amalga oshirib bo‘lingunicha bir oy vaqt o‘tib ketdi. Bu vaqt oralig‘ida sobiq “Neftchi”ning bir qator iqtidorli o‘yinchilari boshqa jamoalarga o‘tib ketdi. Xullas, eng yaxshi o‘yinchilar boshqa jamoalar tomonidan allaqachon tanlab, qabul qilib bo‘lindi.
 
Albatta, har qanday sport katta mablag‘larsiz katta maydonda g‘olibona yurishlarini amalga oshira olmaydi. 2018 yil 31 yanvar kuni Farg‘ona viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidentn SH.M.G‘aniyev boshchiligida o‘tkazilgan 31/01-49-sonli yig‘ilish bayoniga ko‘ra, “Neftchi” professional futbol klubini joriy yil mavsumidagi Superliga va kubok baxslariga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va mavsumni yuqori saviyada o‘tkazishlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida xomiy tashkilotlar tomonidan mablag‘lar ajratilishi, ajratilgan mablag‘ning grafik asosida “Neftchi” professional futbol klubiga o‘tkazib berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Mablag‘ning asosiy qismi grafik asosida moliyalashtirilishi ko‘zda tutildi.
 
Katta futbolni sog‘ingan muxlislar “Neftchi”ning “Istiqlol” o‘yingohidagi “Nasaf” jamoasiga qarshi ilk o‘yiniga to‘lib, toshib kelishdi. Shu kuni “Istiqlol”da juda katta bayram bo‘ldi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Futbolni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror e’lon qilingani esa ularni yanada ruxlantirib yubordi.
 
“Neftchi” klubi rahbariyatining tashabbusi bilan PFLning badal puli, jamoaning 2017 yil noyabr-dekabr oylari qarzdorligini bartaraf etish, 2018 yil O‘zbekiston Superliga jamoalari chempionatida ishtirok etishiga bir oy qolganda ma’lum bo‘lgan “Neftchi”ning chempionatdagi ishtirokini ta’minlash maqsadida qaytarib berish sharti bilan 1 mlrd. 585 million so‘m qarzga olindi.
 
Garchi, “Neftchi”ning asosiy tarkibi turnir jadvalida kunma-kun yuqoriga chiqolmay, tobora pastda qolib ketishi futbolchilarda iqtidorning yetishmayotganligi, saviyaning yuqori emasligi, jarohat olgan futbolchilar o‘rnini qoplaydigan futbolchilarning yetishmasligi, zudlik bilan jamoaga talab darajasidagi yangi futbolchilar taklif etilishi kerakligini taqozo qilayotgan bo‘lsada, buning boshqa sabablari ham bor.
 
Aniqrog‘i, 2018 yilning 10 may kuniga qadar qarzga olingan mablag‘dan tashqari, “Neftchi”ni mablag‘ bilan moliyalashtirilish to‘liq amalga oshirilmasdan kelinmoqda. Futbolchilarga o‘z vaqtida maosh berilmayapti. Farg‘ona klubi haqida aytadiganlarimiz ko‘p, lekin “xamir uchidan patir” deganlaridek yana biroz kutishga to‘g‘ri keladi.
 
E’tiborlisi, “Neftchi”ning hozirdagi rahbarlari klubning avvalgi shon-shuhratini tiklanishi uchun ma’lum vaqt talab qilinishini ham yaxshi bilib turibdi. Klubdagi vaziyatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun vaqt bor, ammo qars ikki qo‘ldan chiqadi, deganlaridek, faqat “Neftchi” rahbariyatining sa’y-harakati bugungi kunda klubga yetarli sharoit yaratib berish uchun kamlik qilmokda.
 
Jamoa o‘rinbosarlari chempionatda kuchli o‘z tengqurlari bilan tengma-teng o‘ynab, qator yutuqlarni ko‘lga kiritishmoqda. Natijada ular orasidan turli terma jamoalarga taklif etilayotgan yoshlar soni ortmoqda. Bu esa Farg‘onada bir-biridan iqtidorli yoshlarning yetishib chiqayotganligidan darak beradi. Yoshlarni tarbiyalash, har tomonlama, ayniqsa moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash bugungi kunning dolzarb vazifasi hisoblanadi.
 
Shuning uchun ma’sullarga aytar gapimiz shuki, “Neftchi” bunday ahvolda tashlab qo‘ymang!
Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 22:12, 21.05.2018.
O'qildi: 8421 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.