Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt bo‘lajak jahon chempionati uchun jamoasiga sardor tayinladi. Rossiyadagi Mundial paytida «Tottenxem» hujumchisi Xarri Keyn inglizlarni sardor sifatida maydonga boshlab tushadi.
«Keyn – haqiqiy professional. Sardor uchun har kunlik ishga bo‘lgan yuqori munosabat muhim ahamiyatga ega. U ancha vaqtdan beri jahonning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. Buni jamoadagi futbolchilarga ko‘rsatib bera olishi lozim», – dedi Sautgeyt.