Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Pepsi Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Buxoro»ga imkoniyatni boy berdi

Pepsi Superliga. «Qo‘qon-1912» o‘z maydonida «Buxoro»ga imkoniyatni boy berdi

Baho:
+ | -

Pepsi Superliganing 12-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakuniga yetdi.

O‘yinni mezbonlar shiddatli tarzda boshlashdi. 2-daqiqada raqib darvozasiga yaqin bo‘lgan joydan jarima to‘pini tepish huquqiga ega bo‘lgan Muhammadanas Hasanovning zarbasi “jonli devor”ga tegdi.

15-daqiqa o‘tib borayotgan pallada “Qo‘qon-1912” himoyasida vujudga kelgan xatodan keyin Arslonmurot Amonov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu vaziyatda turkmanistonlik futbolchi O‘tkir Yusupovni aldab o‘tib, bo‘sh darvozani ishg‘ol etdi.

30-daqiqada hisob tenglashdi. Burchakdan oshirib berilgan to‘pni Muhammadanas Hasanov boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo‘lladi.

Oradan ikki daqiqa o‘tgandan so‘ngIgor Taranning jarima maydonchasiga kirib tepgan to‘pi biroz noaniq bo‘ldi.

Bo‘limning so‘nggi daqiqalarida mezbonlar futbolchilari shiddatli hujumlarni tashkil etishdi. Biroq ulardan samarali foydalana olishmadi.

Aksincha hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar mehmonlar ikkinchi bor darvozani ishg‘ol etishdi. Shavkat Salomov birga-bir vaziyatga chiqib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limni ham mezbonlar shiddatli hujumlar bilan boshlashdi. 49-daqiqada Murod Xolmuhammedovning zarbasini mehmonlar posboni katta qiyinchilik bilan qaytarib qoldi. 68-daqiqada “Qo‘qon-1912” hisobni tenglashtirishlari mumkin edi. “Buxoro” himoyachisi to‘pni darvoza chizig‘idan qaytarib qoldi. 70-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Suhrob Berdiyev juda qulay imkoniyatni yo‘qqa chiqardi.

72-daqiqada Berdiyevning zarbasini darvozabon arang maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. Qolgan daqiqalarda katta ustunlikka ega bo‘lishlariga qaramay, qo‘qonliklar raqib darozasiga yo‘l topa olmadi. So‘nggi daqiqalarda mehmonlar o‘yinchisi Ergash Ismoilov ikkinchi marta ogohlantirildi va maydondan chetlatildi.

Shu tariqa “Qo‘qon-1912” o‘z maydonidagi birinchi mag‘lubiyatni tan olishga majbur bo‘ldi.

Pepsi Superliga, 12-tur.

“Qo‘qon-1912” – “Buxoro” – 1:2 (1:2)

Gollar: Muhammadanas Hasanov – 30. - Arslonmurod Amonov-14, Shavkat Salomov – 45.

“Qo‘qon-1912”: 1. O‘tkir Yusupov, 7. Jamshid Hasanov (19. Suhrob Berdiyev-67), 10. Javohir Sidiqov, 15. Oybek Rustamov, 18. Bahodir Pardayev (17. Quvondiq Ro‘ziyev-46), 22. Murod Xolmuhammedov, 23. Aleksandr Merzlyakov, 29. Igor Taran (9. Nosir Otaqo‘ziyev-46), 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 96. Muhammadanas Hasanov.

“Buxoro”: 1. Akmal Tursunboyev, 3. Bobur Amonov, 7. Arslonmurod Amonov, 8. Salamat Qutiboyev, 10. Shavkat Salomov (77. Javohir Qahramonov-77), 11. San’at Shixov, 16. Artyom Filiposyan, 22. Shaxboz Erkinov (86. Aziz Ibragimov-75), 27. Robbim Hasanov, 28. Ergash Ismoilov, 89. Sergey Ruseskiy.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:25, 22.05.2018.
O'qildi: 2543 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.