Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

O‘zbek klublari ham «Real», «Barselona»dek bo‘la oladimi?

O‘zbek klublari ham «Real», «Barselona»dek bo‘la oladimi?

Baho:
+ | -

Avvalroq, O‘zbekistonga Madridning “Real” klubi akademiyasi menejerlari Andres Antonio hamda Xuan Pablolar tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik.
 
MOQ va O‘FA birinchi-vise prezidenti Umid Ahmadjonov Jismoniy tarbiya va sport vaziri Shoakrom Isroilov bilan birgalikda “Real Madrid” akademiyasi menejerlarini qabul qilib, o‘zaro fikr almashdi.
 
E’tiborlisi, mazkur uchrashuvda mehmonlardan o‘zbek futbol klublarini ham “Real”, “Barselona” kabi jamoalar darajasiga olib chiqish borasida do‘stona yordam so‘raldi.

Umid Ahmadjonov amalga oshirilayotgan loyiha o‘zbek futboli uchun tarixiy voqea ekanligi, kelajakda bizda ham yevropalik futbolchilarga o‘xshagan yoshlar yetishib chiqishiga umid qilishini aytib o‘tdi.
 
“Ayni paytda o‘zbek futboli rivojlanib bormoqda. Oddiy misol, bir yil oldin “Paxtakor” stadioniga 450 nafar muxlis tashrif buyurardi. Bugungi kunga kelib, ushbu ko‘rsatkichni 17 minggacha chiqardik. Bu yilgi o‘yinlarda muxlislar tashrifi bo‘yicha turli rekordlar qayd etildi. 24 minggacha muxlis stadionlarga futbol tomosha qilish uchun tashrif buyurmoqda.
 
Shuning uchun, sizlardan klublar borasida ham maslahatlar kutib qolamiz. O‘rganadigan jihatlarimiz juda ko‘p. O‘zbekistonni o‘z uyingizdagidek his qiling. O‘zbek va ispan yigitlarining jussasi bir-biriga o‘xshash bo‘ladi. Biz hamkorlik qilish uchun bejizga Ispaniyani tanlaganimiz yo‘q. Yaqinda yana ushbu mamlakatga tashrif buyuramiz.
 
Ispaniya futbol federasiyasi bilan ham kelishuvga erishganmiz. Tashkilotning yangi rahbari bilan ham memorandum imzolab, hamkorlikda ishlashni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Yana bir marotaba O‘zbekistonga hush kelibsiz deb qolamiz. Rahmat”, dedi Umid Ahmadjonov.
 
Mehmonlar ham O‘zbekistonda ekanliklaridan xursandliklarini ma’lum qildilar.


 
“Taklif uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu yerda ekanligimizdan xursandmiz. Yaqin orada hamkorlikni boshlaymiz. Bu borada murabbiylar malakasini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Keyinchalik bu yerga bizning ikki nafar yuqori malakaga ega murabbiyimiz keladi. O‘zbekiston futbolini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz” dedi Andres Antonio Borraxo.
 
Umid Ahmadjonov yaqin vaqtlar ichida O‘FAda Ispaniya bilan hamkorlikda ish olib boruvchi departament ham tashkil qilinishini aytib o‘tdi. Hamkorlik nafaqat akademiyalar, balki murabbiylar malakasini oshirish, tajriba almashish bo‘yicha amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 21:40, 22.05.2018.
O'qildi: 5887 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.