Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

Venger: "Real" va Angliya termasining bir necha taklifiga rad javobini berganman"

Venger: "Real" va Angliya termasining bir necha taklifiga rad javobini berganman"

Baho:
+2 | -

"Arsenal"ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger londonliklarni boshqargan chog‘ida tushgan takliflar haqida gapirdi.

"Yangi stadion qurayotganimizda banklar meni besh yilga klubdan chetlatishga majburlamoqchi bo‘ldilar. "Real" taklif qildi, ammo men keta olmasdim, bu "Arsenal"ga sotqinlik bo‘lar edi.

Men "Real"ning taklifiga ikki yoki uch marta rad javobini berganman. Menga bu jamoa yoshligimdan yoqar edi, ammo "Arsenal"ni qiyin davrda tashlab keta olmasdim. Albatta, "Real"ni boshqarish istagim bor edi, chunki ular menga jamoani to‘liq boshqarishni taklif qilgandilar. Ammo uzoq o‘ylab ko‘rganimdan so‘ng, buni rad etdim. Ko‘p klublarning taklifini rad qilganman, natijada shu klubda baxtiyor bo‘ldim.

Terma jamoa? Men Angliya terma jamoasining ikki-uch taklifini rad qilganman. Men uchun jamoda har kunlik ish ma’qul edi. Angliyaga angliyalik mutaxassis kerakligini ko‘p bora ta’kidlaganman. Bu yirik futbol mamlakati va bu yerda yuqori mahoratli murabbiylar ko‘p. Bu vazifa menga to‘g‘ri kelmaydi deb hisoblaganman", - deydi Venger.

Manba: championat.com
Kiritildi: 05:49, 23.05.2018.
O'qildi: 4395 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик