Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Murabbiylar kengashi: «Ko‘pchilik futbolchilarimiz MTJda debyut qilganiga qaramay, Eronga qarshi o‘yinda yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishdi»

Murabbiylar kengashi: «Ko‘pchilik futbolchilarimiz MTJda debyut qilganiga qaramay, Eronga qarshi o‘yinda yuqori darajada o‘yin ko‘rsatishdi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi O‘zbekiston milliy hamda olimpiya terma jamoalarining may oyida o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha hisobotini tingladi.

Asosan yosh futbolchilardan tarkib topgan milliy terma jamoa 16 may kuni Toshkentda yig‘inga kirdi. Poytaxtdagi mashg‘ulotlardan so‘ng, milliy terma jamoa o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish uchun Eronga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston va Eronda bo‘lib o‘tgan yig‘in davomida 21 futbolchi jismoniy va nazariy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, 2018 yilgi jahon chempionatining ishtirokchisi bo‘lgan Eron terma jamoasi bilan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘yin 19 may kuni Eron poytahti – Tehron shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining murabbiylar kengashi a’zolari bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar va o‘rtoqlik uchrashuvida jamoa oldiga asosiy vazifalarning ijrosi bo‘yicha ham hisobot berdi.

“Eronga qarshi o‘yinda terma jamoaga jalb qilingan yosh futbolchilar qo‘yilgan vazifalarni maksimum darajada bajarishga harakat qilishdi. Tan olish kerak, ko‘pchilik futbolchilarimiz milliy terma jamoa tarkibida birinchi marta maydonga tushayotganliklari qaramay, kuchli terma jamoaga qarshi yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib, munosib qarshilik ko‘rsatishdi. Eng muhimi, Milliy terma jamoaga nomzod yosh futbolchilar xalqaro o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishdi”, - deb xulosa qiladi Murabbiylar kengashi.

Yig‘in tugagach terma jamoalar boshqarmasi va murabbiylar kengashi o‘yinni to‘liqligicha tahlil qilib chiqdi va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi.

Har bir futbolchiga o‘zi o‘ynaydigan klubda shug‘ullanishida rioya qilinishi kerak bo‘lgan individual tayyorgarlik dasturi berildi. Ular esa may oyidagi yangi yig‘ingacha monitoring qilib boriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, O‘FA Terma jamoalar boshqarmasining ish rejasida 7 iyun kuni safarda Urugvay terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bor.

Shuningdek, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov olimpiya terma jamoasining 17 maydan 20 mayga qadar Toshkent shahrida o‘tkazilgan yig‘in bo‘yicha hisobotini taqdim qildi.

Yig‘inga Superliga va Pro-liga klublarining 24 nafar futbolchisi jalb qilindi. Yig‘in davomida 6 ta o‘quv mashg‘uloti va 4 ta nazariy dars hamda darslar so‘ngida test sinovi o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar davomida terma jamoalari ikkiga bo‘lingan horlda o‘yinlar o‘tkazdi. Yig‘inning so‘ngikuni, ya’ni 20 mayda “Paxtakor” futbol klubining aralash tarkibiga qarshi nazorat o‘yini tashkil qilindi. O‘yinda olimpiya terma jamoasi 3-2 hisobida g‘alaba qozondi.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 18:58, 23.05.2018.
O'qildi: 5752 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.