«Barselona» hujumchisi Ferran Torres klubdagi kelajagi borasida fikr bildirdi.
Oldinroq 26 yoshli futbolchi kataloniyaliklar tarkibida o‘z mehnati yetarlicha qadrlanmayapti deb hisoblashi va shu sababli «PSJ»ga o‘tishga tayyorligi haqida xabar berilgan edi.
— «Barselona» seni olib qolish uchun nima qilishi kerak?
— Meni yaxshi ko‘rishlarini ko‘rsatishsin! Ular [yangi shartnoma bo‘yicha] muzokaralarni boshlashlari kerak, chunki oxir-oqibat hamma narsa muloqot orqali hal bo‘ladi, — dedi Ferran Sportico nashriga bergan intervyusida.













