Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Sankt-Peterburgdagi nufuzli musobaqaga o‘zining eng kuchli tarkibi bilan yo‘l oldi

Boks. O‘zbekiston terma jamoasi Sankt-Peterburgdagi nufuzli musobaqaga o‘zining eng kuchli tarkibi bilan yo‘l oldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

26-31 may kunlari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks bo‘yicha «Sankt-Peterburg Gubernatori kubogi» bahslari tashkil qilinadi. «Mixaylovskiy manej» sport majmuasi mezbonlik qiladigan turnirda Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikaning turli mamlakatlaridan tashrif buyurgan bokschilar ishtirok etadilar. Mazkur xalqaro musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi bokschilari ham g‘olib va sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradilar.

Terma jamoamiz bellashuvlarda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-49kg: Hasanboy Do‘smatov
-52kg: Jasurbek Latipov
-56kg: Mirzobek Mirzahalilov
-56kg: Shahobiddin Zoirov
-60kg: Shunqor Abdurasulov
-64kg: Aliyor Noraliyev
-64kg: Iqboljon Xoldorov
-69kg: Mahmud G‘oipov
-69kg: Fazliddin Meliboyev
-75kg: Isroil Madrimov
-81kg: Bektemir Meliqo‘ziyev
-91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov

Bokschilarimiz musobaqada murabbiylar Marat Qurbonov, To‘lqin Qilichev, Rahmatjon Ro‘zioxunov va Bahodir Erkayev qo‘l ostida ringga chiqadilar.

Shuningdek, hamyurtimiz Alisher Polvonov turnirda hakam sifatida faoliyat olib boradi.

Ta’kidlash lozimki, terma jamoamiz Rossiyaning shimoliy poytaxtiga o‘zining eng kuchli tarkibi bilan yo‘l oldi. Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa murabbiylar shtabi ushbu turnir orqali Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan bokschilar jismoniy va funksional holatini yana bir bor sinovdan o‘tkazishadi. Imkoniyatlar chamalab olinadi. Maqsad Indoneziyadagi Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilish. Biz ushbu musobaqada bokschilarimizga omad tilaymiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 13:38, 24.05.2018.
O'qildi: 8315 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик