Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 14:18 Herta 2-0 Ayntraxt Braunshveyg
20/04 14:18 Volfsburg 2-2 Frayburg
20/04 14:18 Mayns 2-0 Nyurnberg
20/04 14:18 Bavariya 5-2 Verder
20/04 14:18 Hoffenhaym 0-0 Ayntraxt F
20/04 14:21 Bayer 2-2 Borussiya D
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Umid Ahmadjonov Respublika olimpiya zaxiralari kollejidagi sharoitlarni borib ko‘rdi

Umid Ahmadjonov Respublika olimpiya zaxiralari kollejidagi sharoitlarni borib ko‘rdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, bundan ikki hafta oldin Respublika olimpiya zaxiralari sport kollejiga yangi rahbar tayinlangandi. ROZKning yangi direktori Mirsardor Alimov oldiga bir qator vazifalar belgilanib, ularni qisqa muddatda bartaraf etish vazifasi yuklatilgandi.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov o‘zgarishlar bilan tanishish maqsadida kollejga tashrif buyurdi. MOQ rahbari u yerda sportchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ularning ovqatlanish rasioni, yotoqxonasi, sport inshootlari, mashg‘ulotlar maydoni, maxsus otxona ahvolini ko‘zdan kechirdi. Yangi bino va inshootlarni loyihalash ishlari bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalarni berdi.

“Respublika olimpiya zaxiralari kolleji o‘z nomiga monand yurtimiz sportiga bo‘lajak Olimpiya va Osiyo chempionlarini tarbiyalab berishi kerak. Bu maskanda faqatgina mamlakatimizning eng iqtidorli yoshlari tahsil olishlari, jismoniy va texnik imkoniyatlarini toblab borishlari lozim. Davlatimiz Olimpiya zaxiralari kollejlarining samarali ishlashi uchun milliardlab mablag‘ ajratmoqda. Shunday ekan, ushbu mablag‘larning maqsadli sarflanishini jiddiy nazoratga olish kerak.

Biz har bir jihatni e’tiborga olishimiz zarur. Talaba-sportchilarning ovqatlanish rasionidan tortib, mashg‘ulotlarda oladigan yuklamasiga qadar qat’iy nazoratda bo‘lishi kerak. Bu yerda bizning bo‘lajak chempionlar kamolga yetadi. Ularga barcha kerakli sharoitlarni yaratib berish yo‘lida Milliy olimpiya qo‘mitasi har qanday yordamga tayyor” – dedi Umid Ahmadjonov kollejdagi sharoitlar bilan tanishar ekan.

Tashrif davomida MOQ rahbari shuningdek kamondan o‘q otish sport turi bo‘yicha tahsil olayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi, kamchilik hamda muammolari bilan qiziqdi va o‘sha yerning o‘zida imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib ko‘rdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi yuritayotgan siyosat, olib borayotgan islohotlarga ko‘ra yurtimizdagi Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi kerak. Respublika olimpiya zaxiralari kolleji esa ular orasida chin ma’noda bayroqdor bo‘lishi lozim.

 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:30, 24.05.2018.
O'qildi: 5194 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик