Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv 1-1 Xorazm
07/04 18:00 Mash’al 0-1 Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon 0-1 Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid 1-2 Bavariya
07/04 23:59 Sporting 0-1 Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum

Superliga klublarida har oyda ma’rifat va ma’naviyat darslari bo‘lib o‘tmoqda

Superliga klublarida har oyda ma’rifat va ma’naviyat darslari bo‘lib o‘tmoqda

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasi milliy chempionatimizda ishtirok etayotgan futbolchi va murabbiylarning nafaqat jismoniy jihatdan yetuk, balki ma’naviy jihatdan ham barkamol bo‘lishi uchun bir qator chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘ygan.

Jumladan, O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra har oyning dushanba kunlari Superliga klublarida ma’naviyat va ma’rifat darslari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu darslarda mamlakatimiz Prezidenti muhtaram Shavkat Mirziyoyev tomonidan yurtimizda sportni, xususan, futbolni rivojlantirish maqsadida qabul qilinayotgan qarorlar mazmuni futbolchi va murabbiylarga yetkazilmoqda.

Shuningdek, futbolchi va murabbiylarda Vatanga sadoqat, elu yurtga bo‘lgan hurmatni yanada oshirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida muqaddas tariximiz, ulug‘ bobokalonlarimiz, yurtimizdan chiqqan allomalar va ularning asarlari, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimiz haqida ma’ruzalar o‘qilmoqda.

Shuningdek, klublardagi yosh futbolchilar bilan birgalikda futbol faxriylari, yoshi ulug‘ insonlar ziyorat qilinmoqda. Ularning o‘tmish xotiralari, bosib o‘tgan yo‘llari, boy tajribalari yosh futbolchilarga ibrat sifatida ko‘rsatilmoqda.

Bu kabi ma’naviyat va ma’rifat darslari milliy chempionatimizda to‘p surayotgan futbolchilarga xalqaro maydonlarda Vatan sha’ni uchun maydonga tushayotganda qo‘shimcha ruhiy ozuqa taqdim qilishi aniq.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:35, 25.05.2018.
O'qildi: 1836 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик