Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Toshkentda Markaziy Osiyo terma jamoalari va futbol klublari shifokorlari uchun o‘quv kurslari tashkil qilinadi

Toshkentda Markaziy Osiyo terma jamoalari va futbol klublari shifokorlari uchun o‘quv kurslari tashkil qilinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, jarohatlar futbolning bir qismi hisoblanadi. Futbol to‘qnashuvlarga boy  sport turi hisoblanib, so‘nggi paytlarda bu sport turida qo‘polliklar ko‘payib bormoqda.

FIFA tashkiloti futbolda jarohatlarni kamaytirish maqsadida har yili futbol qoidalariga o‘zgartirishlar kiritib bormoqda. Bundan tashqari, uchrashuv paytida to‘qnashuvlar ro‘y berganida jarohatlangan futbolchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ham FIFA tashkiloti tegishli ko‘rsatmalar ishlab chiqib, terma jamoalar va klublar shifokorlarini ana shu ko‘rsatmalar asosida ish olib borishini jiddiy nazorat qilib bormoqda.

Shularni inobatga olgan holda, Osiyo futbol konfederasiyasi ham terma jamoalar va klublar shifokorlarining malakasini muntazam ravishda oshirib borish borasida turli seminarlar, o‘quv kurslari tashkil etyapti.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi ana shunday o‘quv kurslaridan birini Toshkent shahrida o‘tkazish bo‘yicha OFKga taklif bildirdi. O‘z o‘rnida OFK bu taklifni to‘la qo‘llab-quvvatlagan holda, Markaziy Osiyo terma jamoalari va klublari shifokorlari uchun shu yilning 9-12 oktyabr kunlari Toshkentda o‘quv kurslari o‘tkazadigan bo‘ldi.

Kurs davomida OFK tomonidan FIFAdan taklif qilingan mutaxassis terma jamoalar va klublari shifokorlari uchun maydonda futbolchilarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish, ularni jarohatlardan asrash, jarohat olgan futbolchilarni tezroq safga qaytarish borasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Shuningdek, o‘quv kurslari davomida anti-doping masalalariga ham to‘xtalib o‘tiladi. Futbolchilarni davolash maqsadida ishlatiladigan dori vositalari, ularning qay birini amaliyotda qo‘llash ta’qiqlangani borasida tushuntirishlar berib o‘tadi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 10:38, 25.05.2018.
O'qildi: 2957 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик