Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Ronaldu va Beyl “Liverpul”ga qarshi tayyor, ammo “Real” himoyasi emas

Ronaldu va Beyl “Liverpul”ga qarshi tayyor, ammo “Real” himoyasi emas

Baho:
+ | -1

Ispaniya chempionatining so‘nggi turida madridliklar “Vilyareal”ga qarshi bahs olib bordi. Jarohatidan qutulib maydonga qaytgan Krishtianu Ronaldu va Garet Beyllar yaxshi sport formasida ekanligini ko‘rsatishdi va bittadan gol urishdi. Ammo madridliklar himoyasi mustahkam emasligi bilinib qoldi. Goal nashri ushbu bahs haqida mulohaza yuritdi.

La Ligadagi ishtirokini barbod qilgan “Real Madrid” bor e’tiborini  shanba kuni Kiyevda bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi finaliga qaratgan.

“Barselona” so‘nggi oyning oxiridayoq Primera chempionligini naqd qilganidan beri “qaymoqranglilar” uchun ichki chempionat istalmagan yo‘nalishlardan biriga aylandi. Shunga qaramay, Zinedin Zidan futbolchilarni qayta sinovdan o‘tkazish va “Liverpul”ga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Vilyareal”ga qarshi yetakchi o‘yinchilarini “jangga” tashladi.

“Real” uchun bu o‘yin ahamiyatga ega bo‘lmasada, uning deyarli asosiy tarkibni maydonga tashlagani barchani ajablantirdi. Faqatgina kichik o‘zgarish – darvozani o‘z o‘g‘li Lyukaga ishonib topshirdi.

Ronaldu esa shu oy boshida “Barselona”ga qarshi “El Klassiko”da olgan jarohatidan qutulib yana maydonga qaytdi. O‘shanda Zidan Ronaldu finalgacha 120 % maydonga qaytishini aytgandi.

Ammo o‘yinda hisobni u emas, Beyl ochib berdi. Omadsiz mavsumning so‘nggi qismini fantastik tarzda o‘tkazayotgan futbolchi so‘nggi to‘rt uchrashuvdagi beshinchi golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Atigi bir necha hafta oldin uelslik futbolchi Chempionlar Ligasi finalida asosiy tarkibda maydonga tushishi so‘roq ostida edi. Ammo “Leganes”, “Barselona”, “Selta” va “Vilyareal”ga qarshi o‘yinlarda urgan gollari Zidanni o‘ylantirib qo‘ygani rost. U bunday sport formasi bilan Kiyevda ilk daqiqalardanoq harakat qiladimi?

Ronaldu esa milliy birinchilikning so‘nggi 10 uchrashuvi har birida o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ymoqda. Golli qaytish qilgan Ronaldu 62 daqiqada Luka Modrich bilan almashtirildi.

“Real” ungacha o‘yin nazoratini boshqarib turdi, ammo o‘yinning so‘nggi qismida madridliklar himoyasi parokandalikka uchradi va g‘alabani qo‘ldan boy berdi.

Dastlab Roje Martines yolg‘iz qolgan Lyuka Zidanni dog‘da qoldirgan bo‘lsa, ikkinchi gol Marseloning qo‘pol xatosidan keyin sodir bo‘ldi.

Yurgen Klopp Davomi «Futbol olami» blogida

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:43, 26.05.2018.
O'qildi: 19197 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик