Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv 2-1 Dinamo
07/08 20:00 Xorazm 2-0 Mash’al
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Saloh kecha va bugun ro‘za tutmayapti

Saloh kecha va bugun ro‘za tutmayapti

Baho:
+ | -

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh Yevropa chempionlar ligasi final bahsi oldidan ro‘za tutmayapti. Bu haqda jamoa fizioterapevti Ruben Pons xabar tarqatdi.

«Marbelyedagi yig‘in davomida Saloh ro‘za tutib keldi. O‘yindan bir kun oldin — juma kuni va final bahsi kuni u ro‘za tutmaydi. Ro‘za uning jismoniy holatiga ta’sir ko‘rsatmaydi», – dedi Pons.

Dastlab misrlik futbolchi Ramazon oyi ro‘zasini to‘liq tutishni rejalashtirgandi. Keyin esa qarorini o‘zgartirdi. Final o‘yinidan keyin u ro‘zasini davom ettiradi.

Shu bilan birga Islom shariatida safarga chiqqan odam ro‘za tutmaslik uchun ruxsat berilgan. Ramazon oyida keyin u qazosini tutib beradi.

Eslatib o‘tamiz, «Liverpul» va «Real» o‘rtasidagi YECHL final bahsi bugun, 26 may kuni soat 23:45da boshlanadi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 09:53, 26.05.2018.
O'qildi: 15030 marta.
Fikrlar: 12 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик