Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Chig‘atoy»da bolalar guruhlari faoliyat yuritmoqda

«Chig‘atoy»da bolalar guruhlari faoliyat yuritmoqda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi yurtimizda futbolni ommalashtirish, bolalar futbolini rivojlantirish, terma jamoalarimizga munosib nomzodlarni yetkazib berish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Mamlakatimizdagi iste’dodli bolalarni saralab olib, ularni futbol bilan muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash, yosh futbolchilarning saviyasini o‘stirib borish, yangi iste’dodlarni kashf qilish maqsadida, O‘zbekiston Futbol Assosiasiyasi tomonidan  “Chig‘atoy” sport bazasida iste’dodli bolalar futbol guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 220 nafarga yaqin 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan bolalar futbol sir-asrorlarini o‘rganishmoqda.

Ushbu guruhlarga O‘FA tomonidan Zayniddin Tojiyev, Eldor Magdeev, Hikmat Hoshimov kabi o‘tmishning futbol yulduzlari va milliy terma jamoa a’zolari jalb qilingan bo‘lib, hozirda jami 12 nafar murabbiy faoliyat olib bormoqda.

Har bir chiziqda harakat qiluvchi futbolchilar bilan alohida murabbiylar ish olib borishini ham alohida ta’kidlab o‘tish zarur. Masalan, darvozabonlar murabbiyi yosh futbolchilar bilan alohida mashqlar olib borsa, hujumchilar murabbiyi esa yosh futbolchilarda tezkorlik, kuchli zarba yo‘llash, to‘purarlik kabi xususiyatlarni shakllantirib borishmoqda.

“Chig‘atoy” sport maktabi azaldan yurtimizda mashhur bo‘lgan. Bu yerdan Mirjalol Qosimov, Igor Shkvirin kabi ko‘plab futbolimiz yulduzlari yetishib chiqishgan. Keyinchalik turli sabablarga ko‘ra bu yerdagi maktab o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ygan edi. Ammo O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga yangi rahbar kelganidan keyin birinchilardan bo‘lib ushbu futbol maktabining faoliyatini tiklashga kirishildi.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning tashabbuslari bilan bu yerda yana futbol guruhlari ish boshladi. Malakali murabbiylar jalb qilindi. Hozirda futbol guruhlarimizda iqtidorli bolalar saralanib bormoqda. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan futbol guruhlari  a’zolari nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishi va o‘z mahoratlarini sayqallab borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan.

Umid Muhammadjonovich tomonidan yo‘lga qo‘yilgan yana bir tashabbusni alohida ta’kidlab o‘tish kerak. Futbol guruhlarimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalar bolalari futbol bilan bepul shug‘ullanishmoqda. Ulardan hech qanday mablag‘ talab etilmaydi. Bu esa haqiqiy iqtidor egalarini, iste’dodli yoshlarni aniqlab olish uchun yaxshi imkoniyat hisoblanadi.

Umid qilib qolamizki, ushbu guruhlardagi bolalar kelajakda milliy terma jamoalarimiz uchun munosib nomzod bo‘lib yetishib chiqishadi. Asosiy maqsadimiz ham shu”, - deydi “Chig‘atoy” sport maktabi direktori Rustam Abdullayev.

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 11:31, 26.05.2018.
O'qildi: 2879 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.