Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Umid Ahmadjonov: “Kollejlar va sport federasiyalari yaqin hamkorlikda ishlashi shart”

Umid Ahmadjonov: “Kollejlar va sport federasiyalari yaqin hamkorlikda ishlashi shart”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Intervyular

Bugun, 30 may kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida Respublikada faoliyat olib borayotgan Olimpiya zaxiralari kollejlari va sport federasiyalar rahbarlari bilan qo‘shma yig‘ilish tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov va Bosh kotib Jasur Matchanov ishtirok etdi. Bu haqda MOQ Matbuot xizmati xabar berdi.
 
Yig‘ilishda Respublikadagi Olimpiya zaxiralari kollejlari faoliyatini takomillashtirish, u yerdagi tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olish va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilindi. E’tiborlisi, endi har bir Olimpiya zaxiralari sport kollejlarida fitness markazlari tashkil qilinishi yig‘ilishda asosiy mavzu bo‘ldi.
 
“Olimpiya zaxiralari kollejlari terma jamoalarimiz uchun asosiy baza sifatida xizmat qilishi kerak. Yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishimiz lozim. Ana shundagina ko‘zlagan maqsadimizga erishamiz. Kollejlar va sport federasiyalari yaqin hamkorlikda ishlashlari shart. Har bir federasiya rahbari o‘z sport turi bo‘yicha Olimpiya zaxiralari kollejlarida tahsil olayotgan yosh sportchilar xaqida ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. Kollejlar faoliyatini aynan federasiyalar monitoring qilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Kollejlardagi tizimni yo‘lga qo‘yib olganimizdan so‘ng navbat bolalar va o‘smirlar sport maktablariga keladi”, dedi MOQ rahbari Umid Ahmadjonov.
 
Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mazkur o‘quv dargohi faoliyatidagi kamchiliklar, muammolar, tizimni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olish borasidagi takliflarini bildirdilar.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 20:38, 30.05.2018.
O'qildi: 2079 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.