Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Sarhisob. «A» seriya: muxlislar tashrifi qanday?

Sarhisob. «A» seriya: muxlislar tashrifi qanday?

Baho:
+ | -

Qaddini nisbatan tiklab olgan «A» seriyasi (har holda, Italiya klublari YECHLda chakki ishtirok etmadi) muxlislar tashrifi, ya’ni stadionlardagi «anshlag» bilan uncha maqtanolmaydi.

Italiya chempionatida bu boradagi o‘rtacha ko‘rsatkich 24 404 muxlisga teng. Umumiy qaraganda, «A» seriyasi muxlislarni stadionlarga chorlash bobida Ispaniya La-ligasi (27 179), Angliya Premyer ligasi (37 981) va albatta, Germaniya Bundesligasi (44 335)dan orqada.

Tabiiyki, buning bir talay sabablari mavjud: eskirgan stadionlar, chiptalar narxining nisbatan balandligi, mo‘’jaz shaharlar sharafini himoya qiluvchi jamoalar guruhi...

Lekin italyan muxlislari stadionda chiroyli muhit yaratishda ko‘pchilikka dars berishadi, baribir. Shuningdek, Apenninda o‘rtacha tashrif barqaror holatda. Ya’ni «anshlag» me’yori na pasayib ketadi, na oshib...

«Krotone» - 10 089 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Esio Shida» (sig‘imi - 16 640). Bu arena o‘tgan asrning 40-yillari «Krotone» sharafini himoya qilgan futbolchi sharafiga atalgan. Ijobiy jihat: «A» seriyasining biror klubida o‘rtacha tashrif 10 mingdan kam emas. Deylik, Krotone shahrida atigi 64 ming aholi bor.

SPAL - 11 514 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Paolo Massa» (sig‘imi - 13 020). Klubning sobiq prezidenti nomini olgan arena. Ferrara shahrida aholi ko‘p, ammo stadion kichik. Qisqasi, SPAL o‘z arenasini to‘ldirish foizi bo‘yicha birgina «Yuventus»dan orqada, xolos.

«Kyevo» - 11 550 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Mark Antonio Bentegodi» (sig‘imi - 31 045). XIX asrda faoliyat yuritgan veronalik sport funksioneri sharafiga atalgan. Shaharda «Kyevo» tarafdorlaridan «Verona» fanatlari ko‘p. Nisbatan past ko‘rsatkich shu bilan izohlanadi.

«Sassuolo» - 11 574 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Mapei-CHitta del Trikolore» (sig‘imi - 23 717). Mapei - qurulish aralashmalari ishlab chiqaruvchi firma, «trikolore» - Italiya bayrog‘i belgisi.

«Sassuolo» aholisi 40 ming kishidan iborat qadrdon shaharchasi emas, balki 172 ming kishi yashaydigan qo‘shni Redjo-nel-Emiliyada o‘ynaydi. E’tiborlisi, «S» seriyasida ishtirok etuvchi mahalliy «Redjana» o‘yinlariga tashrif ikki baravar kam - 5360.

«Benevento» - 12 182  (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Chiro Vigorito» (sig‘imi - 16 867). Klubning sobiq bosh direktori sharafiga atalgan. Bu jamoa o‘ta kuchsiz bo‘lsada, muxlislari chakki emaslar. Benevento shahri aholisi atigi 60 ming ekanligini ham aytish o‘rinli.

«Kalyari» - 14 455  (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Sardenya Arena» (sig‘imi - 16 233). Sardegna - Sardiniyaning italyancha talqini. «Sardenya Arena» 2017 yili qandaydir 6 oy davomida atigi 8 mln. yevro evaziga vaqtincha qurilgan omonat stadion.

Rejaga ko‘ra,  u 2019 yili buzib yuboriladi va o‘rnida avtomobillar to‘xtash joyi barpo etiladi. «Kalyari» esa to‘liq rekonstruksiya qilingan «Sant-Elia»ga ko‘chib o‘tadi.

«Udineze» - 16 887  (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Friuli» (sig‘imi - 25 132). Tarixiy o‘lka nomi. Udine shahrida 100 ming kishi yashashini hisobga olsak, tashrif past. Muammo shundaki, vaqtida CHLda ham o‘ynagan «Udineze» endi yuqori o‘rinlar uchun da’vogarlik qilolmayapti.

«Torino» - 17 462  (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Olimpiko Grande Torino» (sig‘imi - 28 177). Stadion Olimpiada-2006 sharafiga atalgan. «Torino» Turinning buyuk grandi - «Yuventus» bilan tenglashishi qiyin, lekin jamoa o‘zining sodiq tiffozilariga ega. Har holda, «keksa sinyora» bor joyda 15 mingdan ko‘p muxlisni o‘ziga qaratish - katta natija.

«Atalanta» - 17 620  (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Atleti Adzurri d~Ita-liya» (sig‘imi - 21 300). Italiyalik sportchilarni umumiy sharaflash iborasi. Bergamodagi futbol muhiti zo‘r. Biroq «Atleti Adzurri» rekonstruksiyaga muhtoj. Darvoqe, klub stadionni o‘z nomiga rasmiylashtirib ulgurgan.

«Verona»- 18 312  (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Mark Antonio Bentegodi» (sig‘imi - 31 045). «Verona» muxlislariga havas qilib bo‘lmaydi: ularning jamoalari «lift»ga aylandi, hattoki, «Kyevo»dan ham ortda qoldi. Shunga qaramay, shaharda «mastiflar»ning tarafkashlari ko‘proq, baribir.

«Sampdoriya» - 19 974 (o‘rtacha tashrif);

«Jenoa» - 21 788 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Luiji Ferraris» (sig‘imi - 36 599). Arena birinchi jahon urushida hayotdan ko‘z yumgan «Jenoa» futbolchisi sharafiga nomlangan. Genuyaning har ikki klubi muxlis to‘plashda an’anaviy tarzda deyarli teng ko‘rsatkich qayd qiladi, lekin «Jenoa» nisbatan mashhurroq. Bunda jamoalarning natijasiyu, turnir jadvalidagi holati ahamiyatga ega emas.

«Bolonya» - 21 864 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Renato Dall~Ara» (sig‘imi - 36 462). Arena klubning sobiq prezidenti nomini olgan. Yana bir juda eskirgan stadion. Yugurish yo‘lakchasi, tushunarsiz rangdagi o‘rindiqlar, kichikkina tom (faqat asosiy tribuna usti yopilgan)...

Aslida talabalar shahri sanalgan Bolonyada ancha ko‘p muxlis yig‘ish mumkin, ammo stadion rekonstruksiya qilinmas ekan, umumiy holat o‘zgarmasa kerak.

«Fiorentina» - 24 753 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Artemio Franki» (sig‘imi - 46 366). Florensiyada tug‘ilgan mashhur futbol funksioneri sharafiga atalgan. «Fiorentina»ning uy arenasi ko‘p jihatdan «Bo-   lonya»nikiga o‘xshaydi.

Tabiiyki, kamtarona sharoitlar bilan muxlislar tashrifini oshirish qiyin. Deylik, «Fio» o‘tgan asrning 90-yillari oxirida o‘rtacha hisobda 35 ming muxlis qarshisida o‘ynardi. Lekin o‘shanda tarkib ancha qiziqarli edi (Batistuta, Rui Koshta, Toldo...). Qolaversa, arena ham hali uncha eskirmagandi.

«Lasio» - 25 800  (o‘rtacha tashrif); «Roma» - 37 284  (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Olimpiko» (sig‘imi - 70 634). Olimpiada-60 sharafiga atalgan. Rim klublari muxlislar reytingida yonma-yon joylashdi, biroq o‘rtadagi farq juda katta.

«Roma»ning Rim «qalbi» ekanligi barchaga ma’lum, «Lasio» esa asosan shu nomdagi provinsiya aholisi madadiga tayanadi. Eh, oldingi davrlar qani? Deylik, mavsum-2000|2001da «Lasio» va «Roma»da o‘rtacha tashrif tegishlicha 47 492 va 64 271 (!)ga yetgandi.

«Yuventus» - 38 824 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Alyans Stedium» (sig‘imi - 41 507). «Alyans» - Germaniya sug‘urta kompaniyasi. «Yuve»ning bu boradagi reyting peshqadami emasligi Turin grandi menejmentini xavotirga solmayotgan bo‘lsa kerak. Yangi stadionda sharoitlar zo‘r, shunga yarasha, abonement va chiptalar narxi baland. Qisqasi, o‘yin kuni tushumi chakki emas.

«Napoli» - 45 498 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «San-Paolo» (sig‘imi - 60 240). Apostol Pavel sharafiga atalgan. Neapolliklar o‘z jamoalarini juda yaxshi ko‘rishadi. Ammo ularning stadionga qanday talpinishlari kayfiyatlariga bog‘liq. Misol uchun, CHL doirasida «Shax-tyor»ga qarshi kechgan uchrashuvni «San-Paolo»da atigi 10 ming kishi kuzatdi.

Yana bir tomoni, klubda abonementlar sotuvi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan. «Napoli» yakunlangan mavsum bu borada birgina «Sassuolo»dan yaxshiroq natija qayd etdi, xolos.

«Milan» - 51 329 (o‘rtacha tashrif); «Inter» - 58 172 (o‘rtacha tashrif)

Stadion: «Juzeppe Meassa» (sig‘imi - 80 018). «Inter» va «Milan» klublarining afsonaviy futbolchisi sharafiga nomlangan. Umumiy hisob-kitob bo‘yicha Milan klublari doimiy peshqadamlar sanaladi.

O‘rtacha tashrif oxirgi mavsumda avvalgisiga nisbatan chamasi 10 mingga yaxshilandi. Agar «neradzurralar» va «rossonerlar» rivojlanishda davom etishsa, muxlislar safi yanada kengayishi aniq.

BONUS

«V» seriyasida qayd etilgan eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichlar

«Bari» - 17 414

«Chezena» - 12 019

«Fodja» - 11 121

«Parma» - 10 881

«Salernitana» - 9 792

«S» seriyasida qayd etilgan eng yuqori o‘rtacha ko‘rsatkichlar (3ta guruhda)

«Piza» - 6755

«Vichensa» - 6774

«Katanya» - 10 263

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 07:09, 31.05.2018.
O'qildi: 3425 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.