Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

«Abduqodir Husanov yaqin vaqt ichida «Real», «Barselona» va «Bavariya» nishoniga aylanadi» — «Siti» sobiq futbolchisi

«Abduqodir Husanov yaqin vaqt ichida «Real», «Barselona» va «Bavariya» nishoniga aylanadi» — «Siti» sobiq futbolchisi

Baho:
+2 | -

«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi Kolin Hendri o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovning o‘yiniga yuqori baho berdi. Uning fikricha, Husanov tez orada dunyoning eng grand klublari, jumladan, «Real Madrid» e’tiboriga tushishi mumkin.

Natan Ake va Jon Stounz yozgi transferlar oynasi vaqtida jamoani tark etishi kutilayotgan bir paytda, Abduqodir klubning asosiy himoyachisiga aylanishi mumkin. U nafaqat jismoniy kurashlarda, balki texnik mahoratda ham o‘zini ko‘rsata oldi. Shu bois ko‘plab mutaxassislar uni «yangi avlodning eng kuchli himoyachisi» deb atamoqda.

«U «Chelsi»ga qarshi debyutida xatoga yo‘l qo‘ygan edi, ammo o‘shandan beri har bir o‘yinda ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. U kuchli iste’dod egasi. «Real», «Barselona» yoki «Bavariya» kabi klublar unga qiziqish bildirishi tabiiy, biroq uni «Manchester Siti»dan olib ketish unchalik oson bo‘lmaydi».

Garchi OAVda mish-mishlari ko‘payayotgan bo‘lsa-da, «Manchester Siti» rahbariyati, xususan, sport direktori Ugo Viana Husanovni «tegib bo‘lmas futbolchi» deb hisoblaydi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2029-yilning iyuniga qadar amal qiladi. Klub uning joriy mavsumdagi ajoyib o‘yinlarini inobatga olib, shartnoma shartlarini yanada yaxshilash niyatida.

Ma’lumot o‘rnida, Angliya Premyer Ligada turnir jadvalida «Arsenal» 76 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. «Siti» esa yetakchi «kanonirlar»dan 5 ochko ortda qolmoqda, biroq ular hisobida bitta zaxira o‘yin bor.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:13, 08.05.2026.
O'qildi: 1272 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик