Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘zining avtomobillar kolleksiyasini noyob Mercedes-AMG G63 Cabriolet bilan boyitdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.
Refined Marques tyuning-studiyasi tomonidan tayyorlangan ushbu model dunyo bo‘ylab atigi 20 dona ishlab chiqarilgan. Avtomobilning narxi taxminan 1,32 million dollarni tashkil etadi. Yo‘ltanlamasning o‘ziga xos jihati uning ochiq ustli (kabriolet) ekani va orqa eshiklarining teskari yo‘nalishda ochilishidir.
Mashina futbolchining hozirgi jamoasi — “An-Nasr”ning sariq-ko‘k ranglariga bo‘yalgan. Shuningdek, uning ichki qismida “CR7” yozuvi tushirilgan maxsus belgilar o‘rnatilgan. Mazkur xarid nafaqat navbatdagi qimmatbaho hordiq, balki futbolchining o‘z klubi va Saudiya futbolidagi yuqori mavqeini yana bir bor tasdiqlovchi ramziy ishora sifatida baholanmoqda.

Ma’lumot uchun, Ronaldu dunyoning eng boy futbolchilaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda uning umumiy boyligi 1,4 milliard dollardan oshishi aytiladi.
Ayni damda “An-Nasr” 82 ochko bilan Saudiya Proligasida peshqadamlik qilmoqda. Jamoa chempionlikni naqd qilishi uchun asosiy raqibi “Al-Hilol”ga (77 ochko, bitta zaxira o‘yini bor) qarshi bahsda ijobiy natija qayd etishi zarur.













