Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem - Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Patrik Klyuyvert: «Menimcha, JCH-2018da hujumkor futbol tomosha qilamiz»

Patrik Klyuyvert: «Menimcha, JCH-2018da hujumkor futbol tomosha qilamiz»

Baho:
+ | -
Patrik Klyuyvert: «Menimcha, JCH-2018da hujumkor futbol tomosha qilamiz»

- Menimcha, JCH-2018 final raundiga chiqqan barcha jamoalar Rossiyada hujumga alohida urg‘u qaratishga harakat qiladi - ha, Patrik Klyuyvert bo‘lajak jahon chempionatida ayniqsa, kuchli jamoalar ijrosida hujumkor futbol ko‘rishga umid bog‘lamoqda.

Gollandiya milliy jamoasi sobiq vakili shuningdek, Belgiya termasidan qandaydir «syurpriz» kutayotganini yashirmayapti.

Uning uchun o‘z yurti jamoasini mundialdan chetda qolganini ko‘rish azob, ammo fikricha, gollandlar oxirgi omadsizliklarni tezkor unutib, kelajakni o‘ylashlari shart.

Aytish joiz, Patrikning o‘zi birgina betakror zarbasi tufayli jahon chempionati tarixidan joy olgan. Uchqur golland hujumchisining harakati artistlik ijro nuqtai nazaridan darhaqiqat, o‘ta ajobiy chiqqandi: hayratlantiradigan darajadagi sakrash va bosh bilan kuchli zarba.

Gap Fransiya maydonlarida tashkillashtirilgan JCH-98 yarim finalining 87-daqiqasida yuzaga kelgan vaziyat haqida ketmoqda. O‘shanda Gollandiya termasi butun o‘yin davomida braziliyaliklarga munosib qarshilik ko‘rsatgan va Klyuyvert so‘nggi pallalarda hisobni tenglashtirib (1:1), qo‘shimcha bo‘limlarga yo‘l ochgandi.

Katta va o‘rta yoshli ko‘plab muxlislar yaxshi eslashsa kerak, «overtaym»da ham kuchli tomon aniqlanmagach, dramatik penaltilar seriyasi kuzatilgan hamda Braziliya termasi omadliroq chiqib, final yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.

Mana, «lolaranglar» tarixida o‘chmas iz qoldirgan 41 yoshli sobiq hujumchi (u JCH-98da bevosita ishtirok etishdan tashqari, Braziliya-2014 mundialida bosh murabbiy Lui van Galga assistentlik qildi) bugun Rossiya turnirini betaraf muxlis sifatida kuzatib, chinakamiga rohatlanishga shaylanmoqda.

 

Davomi>>>

Kiritildi: 07:59, 01.06.2018.
O'qildi: 2639 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.