Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

“Nasaf” PFK bolalar uchun bayram tashkil etdi

“Nasaf” PFK bolalar uchun bayram tashkil etdi

Baho:
+ | -

Bugun “Nasaf” PFKda bolalar uchun katta bayram tashkil etildi. 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan klubda bolalar uchun futbol bayrami tashkil etildi.

Ushbu bayramda nafaqat Qarshi shahridan, balki viloyatning turli tumanlaridan, hattoki qo‘shni viloyatlardan ham mehmonlar – bolalar futbol jamoalari tashrif buyurishdi. Klub matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bayramda 80dan oshiq turli yoshdagi bolalar futbol jamoalari ishtirok etishdi. Bayram ishtirokchilarining soni ming nafardan oshiq bo‘ldi.

“Nasaf” futbol maktabida bayramni tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Marosimda “Nasaf” PFK bosh menedjeri S.P.Kucherenko, bosh murabbiy Ro‘ziqul Berdiyev, klub ma’sul xodimlari, murabbiylar va futbolchilar ham hozir bo‘lishdi.

Ochilish marosimida Ro‘ziqul Berdiyev so‘zga chiqib, bayram ishtirokchilarini qizg‘in tabrikladi va kelgusida ularga futbol bilan yaqindan oshno bo‘lishni tiladi.

Shundan so‘ng bayram ishtirokchilari murabbiylar va fubolchilar bilan esdalik uchun rasmlarga tushishdi. Bolajonlar uchun ayniqsa himoyachi, Serbiyalik futbolchimiz Slavko Lukich bilan so‘hbatlashish va birga rasmga tushish juda qiziqarli bo‘ldi. Bolajonlar uchun “Markaziy” stadionimizga sayyohatlar ham uyushtirildi.

Shuningdek Qarshi shahar yoshlar ittifoqi kengashining tashabbusi bilan ko‘pchilik yoshlarimizning faol yetakchilari ham stadionimizni tomosha qilishib, yaqindan tanishishdi.  

Bayramni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsadga erishildi. Buni  bayramda ishtirok etgan bolalarning quvonchidan ham bilish mumkin edi.

Bayram tadbirlari ertalab 8:00dan boshlanib, kechgacha davom etdi. Bayram so‘nggida futbol uchrashuvlari g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham tashkil etildi. G‘oliblarga klubimiz rahbariyati tomonidan kubok, diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:15, 01.06.2018.
O'qildi: 2821 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик