Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Umid Ahmadjonov Nukusdagi maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdi

Umid Ahmadjonov Nukusdagi maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

Xabar berib o‘tganimizdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda sport festivalida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘iston poytaxti Nukus shahrida bo‘lib turibdi.

"Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan shaharda yangi, zamonaviy, barcha talablarga javob beruvchi 48-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi. Bugun, uning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi mutasaddilari bilan birgalikda Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov ham ishtirok etdi. Bayram tadbirida ushbu muassasa tarbiyalanuvchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg‘alari topshirildi. Ochilish marosimida o‘zbek futboli yulduzlari Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Doston Hamdamov, Jamshid Iskanderov yosh sport ihlosmandlariga master-klass namoyish etib berishdi. Shuningdek, o‘zbek estradasi yulduzlari Jasur Umirov, Bahrom Nazarov, Farhod va Shirin, "Ummon" guruhi kabi elimiz suygan san’atkorlar o‘z chiqishlari bilan yig‘ilganlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladilar.

"O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi aholini sportga qiziqtirishni eng quyi bo‘g‘indan boshlagan. Bu borada muhtaram yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning ko‘rsatmalari asosida ish olib boryapmiz. Mana yangi maktabgacha ta’lim muassasasining ochilish marosimida ishtirok etdik. Bu yerda bolajonlarning ta’lim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bunday muassasalar ko‘payishidan xursandmiz", - dedi Umid Ahmadjonov.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 15:01, 01.06.2018.
O'qildi: 2557 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик