Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper jamoa yarimhimoyachisi Muhammad Salohning tiklanish jarayoni haqida ma’lumot berdi.
"Biz optimistlarmiz, barcha tibbiy hisobotlar Muhammadning JCH-2018da o‘ynashini aytmoqda. Ammo shu bilan birga mundial boshlanishi oldidan har qanday voqeaga tayyor turishimiz kerak.
Salohning o‘rnini bosish qiyin, bunga shubha yo‘q. U bizning qurolimiz, ayniqsa, qarshi hujumlarda uning tezligi va mahoratini ishga solamiz", - deydi Kuper.